Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Aprel, 2026   |   1 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:13
Quyosh
05:38
Peshin
12:27
Asr
17:08
Shom
19:11
Xufton
20:29
Bismillah
19 Aprel, 2026, 1 Zulqa`da, 1447

Sehrgar – dinini sotuvchi

29.12.2023   992   3 min.
Sehrgar – dinini sotuvchi

3 qism

Sehrgar dini va o'z nafsini shaytonga sotgan sanaladi. Chunki shayton insonning ibodat qilishini aslo istamaydi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Va batahqiq, biladilarki, uni sotib olgan kishiga oxiratda nasiba yo'q” (Baqara surasi, 102-oyat).

Sehrgar dindan chiqish yoki jinlarga atab jonliq so'yish va ulardan yordam so'rash orqali sehr bilan shug'ullanadi. Shuningdek, buning uchun Alloh taoloning Kalomi – Qur'oni karimga nisbatan hurmatsizlik qiladi.

Ulamolar aytadilar: “Sehrgarlar qog'ozlarga Qur'ondagi sura va oyatlarni qon bilan yozadilar, ataylab oyatlarning harflarini xato qilib ko'chiradilar. Shaytonni rozi qilish uchun yana boshqa turli o'zgartirishlarni qiladilar”.

Kim o'z nafsini shaytonga sotsa, axloqdan, solih amallardan mosuvo, qalb ko'zi ko'r, yaxshiliklardan yuz o'girgan, gunoh yo'lda yuruvchi, dinining ustidan kuluvchi va unga dushmanlik qiluvchi bo'ladi. Nafsini rozi qilish yo'lida barcha jirkanch ishlarni qilishga tayyor turadi.

Oxir oqibat Alloh taologa shak, shaytonga ibodat qiladilar, fitna-fasod ishlarni bajaradilar, nafsi faqat gunoh, fisq amallarga boshlaydi, ko'p yolg'on gapiruvchi va harom eyuvchi bo'ladi.

Alloh taolo odamni loydan, jinlarni esa olovdan yaratdi. Bu haqda Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Batahqiq, Biz insonni quruq loydan, o'zgartirilgan qora balchiqdan yaratdik. Va jinlarni bundan oldin samum olovidan yaratdik” (Hijr surasi, 26-27-oyatlar).

Qolaversa, Alloh taolo Odam avlodini jinlardan afzal qildi. Alloh taolo: “Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo'ydik va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) ko'tardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O'zimiz yaratgan ko'p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo'ydik” (Isro surasi, 70-oyat).

Lekin sehrgar hamisha o'zini boshqalardan ustun tutadi. O'zgalarni mensimaydi. Vaholanki, sehrgardan ham, jinlardan ham mo'minlar afzaldir. Shayx Abu Bakr Jazoiriy aytadi: “Jinlarning hatto solihlari ham qadr, karomat va sharafda insondan past darajada”.

Davomi bor...

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazm imomlari uchun qiroat ilmi bo‘yicha sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi

18.04.2026   12748   1 min.
Xorazm imomlari uchun qiroat ilmi bo‘yicha sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Ma’lumki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan yurtimizdagi imom-xatiblar va imom noiblari uchun tajvid darslari yo‘lga qo‘yilgan.


Shu munosabat bilan joriy yil 6 aprelidan boshlab Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida tajvid ilmi bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.

Mazkur dastur doirasida 2026 yil 16 aprel kuni Xorazm viloyatidagi "Faxriddin ar-Roziy" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida viloyat imom-xatiblari va imom noiblari uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’on va tajvidni o‘rgatish bo‘limi boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum ishtirok etib, "Xorazm ulamolarining tajvid va qiroat ilmiga qo‘shgan hissasi" mavzusida ham ma’ruza qilib berdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Xorazm imomlari uchun qiroat ilmi bo‘yicha sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi Xorazm imomlari uchun qiroat ilmi bo‘yicha sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi Xorazm imomlari uchun qiroat ilmi bo‘yicha sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari