Missionerlik- lotincha “yuborish” va “topshiriq” ma'nolarini bildirib, bir dinni boshqa dindagilar o'rtasida tarqatish soxasidagi cherkov (ya'ni, katolik va protestantlar kabi yo'nalishlar) tashkilotlarning faoliyatidir. Sodda qilib aytganda, missionerlik xristianlashtirishdir. Shuni bilish lozimki da'vat (nasixat) boshqa, missionerlik boshqacha narsadir. Bir din vakilini o'z qavmiga xitobi da'vat bo'lib, har bir inson bu ishni qilishi mumkin. Ammo bir din vakilining boshqa dindagilarni o'z diniga og'dirish uchun qiladigan xarakati esa, missionerlik deyiladi va bu qonun bilan ta'qiqlanadi. Ming afsuslar bo'lsinki oxirgi paytlarda ba'zi shaxslar o'zlarining muqaddas Islom dinini qo'yib, boshqa dinga o'tib ketish xollari kuzatilmoqda. Bu xolga chek qo'yilmas ekan, millat barqarorligiga tahdid solinishi turgan gap! Dunyo tarixiga nazar soladigan bo'lsak, missionerlarning o'zga din vakillari orasidagi faoliyat xar doyim mintaqa barqarorligini buzgan axoli orasida notinchlik va qon to'kilishlarga sabab bo'lgan.
Missionerlarning g'arazli maqsadlari va faoliyatlari:
1. Halqni xristianlashtirish. Shu orqali ularni iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy jixatdan G'arb davlatlari ta'sir doirasiga olish
2. Halqlarda o'z diniga nisbatan shubha uyg'otish, ularning o'z dinidan chiqarish va dinsiz qoldirish.
3. Qadimdan xristian bo'lganlarni o'z dinlarida mustahkamroq turishga chorlash va ular safini yangi xristianlar bilan to'ldirish
Ular maqsadlari yo'lida barcha vositalardan foydalanadi, ularning xiyla nayranglari moddiy rag'batlantirish va turli aldov yo'llari bilan olib boradi.
Ba'zi vatandoshlarimiz ularning ketidan ergashib ketayotganining Birinchi sababi- muqaddas Islom dinimiz xukmlaridan mutlaqo bexabarlik.
Ikkinchisi sabab- yon atrofimizdagi kam ta'minlangan oilalar, nogironlar va boquvchisidan ayrilgan qariyalardan deyarli vabar olmaymiz, moddiy va ma'naviy yordamlar ko'rsata olmayapmiz. Missionerlar bu imkoniyatdan foydalanib ba'zi muhtojlarning ko'nglini ovlab, dindan chiqarmoqda. Alloh taolo bu haqda Qur'oni karimda shunday degan:
“Sizlardan kimda kim o'z (Islom) dinidan qayratib, kofir holida o'lsa, undan kimsalarning qilgan amallari (toat ibodatlari) dunyoyu oxiratda behuda ketar. Ular do'zax ahlidirlar va undan mangu qolurlar” (Baqara surasi, 2017- oyat)
Shu o'rinda katta shaxarlardan birida bo'lgan voqeani eslaylik: O'ziga to'q, maxallada xurmat e'tiborli bir otaxonni oliygohda ta'lim oliyotgan qizlari yo'ldagi baxtsiz tasodif tufayli vafot etadi. Uning janozasiga maxalladoshlar, qarindosh-urug'lar, quda-andalar kabi mingdan ortiq kishi to'planadi. Mayit tobudga solinib janoza o'qilishi uchun olib chiqilmoqchi bo'lganda, qayerdandir ikki nafar missioner da'vatchilari kelib bu qizni dinini o'zgartirib ularning sektasiga qo'shilganini aytib, isbotlar keltirishadi. Marxumani muslima emasligi, dinini o'zgartirganligi barchaga ayon bo'ladi. Tabiiyki unga janoza buyurilmaydi va yig'ilgan jamoa tarqab ketadi. Marxumaning otasi bu sharmandalikni ko'tara olmay yurak xurujidan vafot etadi. Dunyo uchun oxuratini sotgan kimsa dunyo va oxiratda xo'rlik va sharmandalikka uchrashi aniq.
O'zbekiston musulmonlari idorasining
Chust tumani vakili Bahodir Sharipov
Istiqlolimizning 35 yillik bayrami arafasida Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirokida Quvasoy shahrida xayriya tadbir o‘tkazildi. Unda 33 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 43 nafar bolajonga esa o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar hadya qilindi.
Tadbirda farzandlar uchun munosib sharoit yaratish ezgulikning eng go‘zal ko‘rinishlaridan biri ekani, bugun yosh avlodning bilimi va kamoli uchun qilingan har bir xayrli amal ertangi kun taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishi ta’kidlandi.
Bunday tadbirlar, shuningdek, Buvayda tumanidagi «Katta mahalla» masjidi jamoasi tomonidan ham tashkil etildi. Unda ijtimoiy ko‘makka muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlaridan 70 nafariga maktabda ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari tarqatildi. Bolajonlar mustaqillik bayrami hamda boshlanajak yangi o‘quv yili bilan muborakbod etildi.
Ilm va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar Farg‘ona shahridagi "Xo‘jamberdiboy", So‘x tumanidagi "Sulton Mahmud" masjidi jamoasi tomonidan ham tashkil etilmoqda.
O‘MI Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati