Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurash zamon talabi

06.10.2022   3074   3 min.
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurash zamon talabi

Jaholat bu jamiyatdagi eng xunuk va yomon holat bo'lib, bu insoniyatni tubanlik botqog'iga olib boruvchi va insoniylikdan chiqaruvchi yo'ldir. Jaholat tufayli insonlar o'zlarini inson ekanligini va dunyoga nima uchun kelganini bilmaydigan holatga keladilar. Buning oqibatida halol, xarom, ezgulik, vatanparvarlik, sadoqat va boshqa hislatlarni bilmay hayot kechiradilar.

Jaholatning davosi albatta bu ma'rifatdir. Ma'rifat orqali inson etuk darajaga etadi va insonga loyiq bo'lgan barcha ezgu hislatlarni o'zida mujassam etib, yomon va chirkin odatlardan o'zini saqlab yuradi.

Ma'rifatli inson Allohning oldida ham insonlar nazdida ham martabasi baland bo'ladi. Bu xususida Alloh taolo Qur'oni karimning «Mujodala» surasining 11-oyatida: «Alloh sizlardan iymon keltirganlarning va ilm berilganlarning darajalarini ko'taradir».

Yana Alloh taolo Qur'oni karimda ma'rifatli inson bilan ma'rifatsiz inson barobar bo'lmasligini «Zumar» surasining 9-oyatida shunday bayon qiladi: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo'larmidi?!»

Ma'rifatli insonni dunyoda ham maqomi baland bo'ladi. Insonlar uni hurmat qilib, maslahat so'rab bilmaganini o'rganib, farzandlarini shunday ilmli bo'lishini orzu qilib va majlislarida joyning to'riga o'tqazib hurmatini joyiga qo'yadilar. Bu ma'rifatli insonning dunyodagi maqomi, oxiratdagi maqomini tasavvur qilavering.

Dunyoda sodir bo'layotgan qo'poruvchiliklar, yovuzliklar, qotilliklar, xunrezliklar va shunga o'xshash barcha yomon illatlarning zamirida ilmsizlik yotadi. Biz ilm egalari bunday toifa insonlar bilan ma'rifat ila kurashib, ularning qilayotgan amallarini jaholat va razolatdan boshqa narsa emas ekanligini isbotlab bera olsak jamiyatga katta foyda keltirgan bo'lamiz va jamiyatning farovon hayotiga hissa qo'shgan bo'lamiz. Oxiratdagi esa Alloh taoloning ajr-u mukofotiga sazovor bo'lamiz. Ilm ahli doim jaholatga qarshi ilm bilan kurashib kelmog'i lozim bo'ladi. Ilm Alloh taolodan berilgan ulug' ne'mat bo'lib, u xaqda qiyomatda so'ralinadi. Ilmni Alloh hamma insonlarga xam ato etavermaydi. Bu xususda Nabiy sallollohu alayhi vasallam o'z xadislarida shunday marhamat qiladilar:

«Alloh bandasiga yaxshilikni ixtiyor etsa, uni o'zidan qo'rqadigan olim qiladi. Uni to'g'ri yo'lga boshlovchi aql idrok beradi». (Buxoriy va Muslim).

Shuning uchun biz ilm ahllarining bo'ynida ulkan mas'uliyat borligini his qilib doim jaholatga ma'rifat bilan kurashib yashamog'imiz lozim va lobuddir. Alloh taolo ilm ahllariga bu ishlarida kuch-quvvat ato etsin!

Mo'minjon USMONOV
Guliston shahar “Tavhid” jome masjidi imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

19.08.2026   9521   1 min.
Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

Ularga maktab kiyimlari, poyabzal va ryukzaklar bepul berildi.

Xayriya aksiyasi Toshko‘prik masjidi imomi Doniyor Matlabov tashabbusi bilan o‘tkazildi, xabar bermoqda «Samarkandskiy vestnik» nashri.

Masjid ahli va homiylar ko‘magida 35 ta ehtiyojmand oila farzandlari uchun yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zarur narsalar xarid qilindi. Sovg‘alar maktab o‘quvchilariga topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari