Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Avgust, 2026   |   3 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:05
Quyosh
05:33
Peshin
12:27
Asr
17:19
Shom
19:25
Xufton
20:49
Bismillah
16 Avgust, 2026, 3 Rabi`ul avval, 1448

“Ommaviy madaniyat” ayolni oiladan “qutqarmoqchi”

04.10.2022   1753   4 min.
“Ommaviy madaniyat” ayolni oiladan “qutqarmoqchi”

Jannat onalar oyog'i ostida

O'tgan asrning 60-yil­larida g'arb mamlakatlari­da sodir bo'lgan “madaniy inqilob” er, xotin va bola­larni oilaviy vazifalar, burch va mas'uliyatdan ozod etib, oilaga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojni yo'qqa chiqardi. Bu hol oilaning emirilishiga sabab bo'ldi. “Ommaviy mada­niyat” azaliy qadriyatlarni kamsitib, hatto ayolning eri va bolalari bo'lishi tabiiy, hayotiy ehtiyoj ekani haqida­gi tasavvurlar ustidan ham kulib keldi, ayolni onalik vazifasidan butkul “qutqa­rish”ga intilayotgan guruhlar paydo bo'ldi. Bugun ushbu guruhlar ko'pgina Yevropa mam­lakatlarida hukumatga ta'sir qilish qudratiga ega. Ular dastaklari yordamida o'zlari­ning manfur qilmishlariga qarshi jamiyatlarni demokra­tiyani bo'g'ish, xotin-qizlar va yoshlarni erkin hayot tarzidan mahrum qilishda ayblashyapti. Bunda o'tgan asrning boshla­rida g'arb mamlakatlarida shakllangan va bugungi kunga kelib, ijtimoiy harakatga aylangan feminizmning “xiz­mat”i katta.

Sharq musulmon xalqla­rida ayollarni hurmat qilish, ularni nafaqat moddiy-jismoniy, balki ma'naviy himoyalash an'­anasi chuqur ildiz otgan. Ularning har biri ona yoki ayollik fitrati amalga oshi­shini orzu qiladi. Sharqda “Jannat onalar oyog'i ostida” degan hikmat bekorga bot-bot takrorlanmaydi. Uning zami­rida jamiyatda ayolning o'rni, qadr-qimmati o'z aksini topgan. Ba'zan jamiyatimiz­da ayollarning eri tomonidan zo'ravonlikka uchrayotga­ni ortiqcha bo'rttiriladi. Ammo g'arbda oila qurmagan, farzandli bo'lish haqida o'ylamagan ayollar yoshi o'tgan sari jamiyatda yolg'izlikka mahkum bo'lishi haqida hech so'z demaydi.

Oilani muqaddas deb bilmaganlar uchun muqaddas narsaning o'zi yo'q

Abdurauf Fitrat “Oila” asarida “Qayerda oila, oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo'ladi”, deb ta'kidlaydi. Ho'sh, oilaning muqaddasligi nimada? O'zaro rishtalar ni­koh vositasida mustahkamlan­gan, er-xotin bir-birining oldidagi burchi, mas'uliyat va sadoqatni his qilgandagina oila muqaddaslik darajasi­ga chiqadi. Ushbu tushunchalar muayyan hayotiy tajriba, ma­shaqqat va turmush sinovlari­da toblanishlar natijasida vujudga keladi.

Yildan-yil xotin-qizlar va yoshlar o'rtasida jinoyatlar soni ortib boryapti. Muta­xassislar fikricha, buning asosiy sabablaridan biri kundan-kun soni ortib bora­yotgan noto'liq oilalardir. Ayni kunda ijtimoiy xavfli jinoyatlar sodir etayotgan aksariyat ayollar va voyaga etmaganlar noto'liq oilalar­dan ekanligi aytilyapti. Yoki bo'lmasa, boshqa huquqbuzar­liklar, odam savdosi qurbon­lari, yoshlar, ayollar, albatta, bularning barchasi asosan ajralish oqibatida yuzaga keladi.

Ayol mehrli, bolaparvar xilqatligini hisobga olib, shu yo'sinda uning ijtimoiy hayotdagi o'rni belgilana­di. Kuch-quvvatda u erkakka tenglasha olmaydi, shuning uchun ham erkak uni himoyala­shi, g'amxo'rlik qilishi lozim. Hayot, oila muvozanatining buzilmasligi uchun ayol ham o'z vazifalarini bajarishga mas'ul.

Bu masalada o'z an'analarimiz bor

Ba'zi sohalarda ayollarga qaraganda erkaklarning o'rni baland, ba'zi masalalarda esa ayollar ustun, ba'zila­rida esa ular teng huquqli. Bu jinslarning qaysidiri biron narsada kamsitilgani­ni anglatmaydi. Bu har kim o'z tabiatidan kelib chiqqan holda, o'z o'rnida turib, o'zining ishini qilayotgani demakdir. Aslida ayollarga nisbatan har qanday zo'ra­vonlik barcha aqlli jami­yatlarda, xususan, islomda qattiq qoralanadi. Ayollarga nisbatan kuch ishlatish tajo­vuz hisoblanadi.

Bugun oilasida zo'ra­vonlikka uchragan ayollar­ni himoya qilish maqsadida reabilitatsiya markazlari faoliyat yurityapti. Ammo o'nta ayolga zo'ravonlik ishlatilib, o'nta erkak jazolanganidan jamiyatga nima naf? Shuning uchun ham mutaxassislar ba'­zida og'ir bo'lmagan holatlar­da oilaning bir butunligini saqlab qolish maqsadida tushuntirish ishlari olib boryapti. Zero, ulug'lar aytga­nidek, o'z uyida baxtli bo'lgan insongina chinakam baxtiyor­dir.

Sulaymon MARDIYeV

“Zarafshon” gazetasining 2022 yil 4 oktyabr' sonidan

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Videolar

“JUMADAN JUMAGACHA” (14.08.2026)

16.08.2026   4989   1 min.

00:00 Xabarlar

00:56 “Network News Pakistan”: 2025 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyo aholisi uchun eng ommabop sayohat yo‘nalishi bo‘ldi

01:25 “Solombo Times”: O‘zbekistonda “Uchinchi Renessans” g‘oyasini amalga oshirish davlat siyosatiga aylangan

01:57 Saudiya Arabistoni xalqaro qorilar tanlovining ikkinchi kunida 33 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashdi

04:45 Toshkentda Malayziya xalqaro halol ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

05:20 Har bir xonadonga bayramona kayfiyat kirib bormoqda

06:00 Istiqlol shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda

06:34 Xonadonlarga mehr, ko‘ngillarga umid ulashib...

07:08 Bir guruh imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lishdi

07:43 Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

#yangiliklar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

ISHONCHLI VA RASMIY MANBA

 YouTube | Instagram |  Facebook

VIDEO