Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Avgust, 2026   |   17 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:24
Quyosh
05:47
Peshin
12:24
Asr
17:04
Shom
19:04
Xufton
20:23
Bismillah
30 Avgust, 2026, 17 Rabi`ul avval, 1448

Ulug' zotlar ilm fazilati haqida

28.09.2022   3546   3 min.
Ulug' zotlar ilm fazilati haqida

Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) Ku­maylga: «Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofa­za qiladi, molni esa sen qo'riqlaysan. Ilm ho­kim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda bo'ladi», degan.

Ali (roziyallohu anhu) yana aytadi: «Olim ki­shi kechalari qoyim, kunduzlari ro'zador Alloh  yo'lidagi kishidan afzaldir. Olim vafot etsa,  Islomda bir yoriq paydo bo'ladi. U yoriqni faqat olimning o'rinbosarigina to'ldiradi». Ab­dulloh ibn Muborakdan: «Komil insonlar kim­lar?» deb so'rashganda u zot: «Olimlar», deb ja­vob berdi. Yana: «Podshohlar kim?» deb so'rash­di. «Zohidlar», deya javob qildi. «Pastkashlarkim?» degan savolga esa: «Din nomidan dunyo eydiganlar», deb javob berdi.

Ibn Muborak olimlardan boshqasini komil  inson demadi. Chunki insonni hayvonlardan  ajratib turadigan asosiy xususiyati aql bo'l­sa, aqlni peshlaydigan narsa ilmdir. Inson  nima bilan sharafli bo'lsa, o'sha narsa tufayli insondir. Uning afzalligi jismoniy quvvati­da emas. Zero, tuya insondan ancha baquvvatdir.

Jismning kattaligi bilan ham afzal emas, ze­ro, fil undan kattaroqdir. Afzallik shijoat  bilan ham o'lchanmaydi, chunki yirtqich hayvon  undan ko'ra shijoatliroqdir. Yeb-ichish bilan  ham afzal emas, ho'kizning qorni unikidan  kattaroq.

Demak, inson faqat o'z aqli va ilmi  bilan boshqa jonzotlardan ajralib turadi. Zero, uning bu dunyoda yaratilganidan asosiy maqsad Rabbisini tanib, ibodat qilishidir. Rabbisini tanish uchun ilm o'rganishi lozim. Hakimlardan biri aytadi: “Men ikki kishiga achinganimchalik boshqa hech kimga achin­ maganman: ilmni tushunmasdan turib o'rgangan kishiga, ilmning muhimligini tushunib, uni  o'rganmagan kishiga”.

Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu) ilm o'r­ganish va o'rgatish haqida aytadi: “Ilm o'rga­ninglar, zero, uni o'rganish Allohdan qo'rqish, uni talab qilish ibodat, muzokarasi tasbeh, uni izlash bamisoli jiddu jahd qilish, bil­maganga o'rgatish sadaqa, uni o'z ahliga bildi­rish Allohga yaqinlik hosil qilishdir.

Ilm  tanholikda hamroh, xilvatda do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi dalil, xursandligu xafalik paytida  ko'makchi, do'stlar oldida vazir, begonalar ol­dida yaqin do'st va jannat yo'lining mash'ali­ dir. Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, etakchi qilib qo'yadi. Ular odamlarni yaxshilik­ka etaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari e'tiborli bo'ladi”.

Yahyo ibn Muoz: “Olimlar Muhammad (sollal­lohu alayhi va sallam) ummatlariga ota-ona­laridan ham mehribondir”, dedi. “Nima uchun?” deb so'rashdi. “Ota-onalar farzandlarini dunyo  otashidan himoya qiladi, olimlar esa ularni  oxirat olovi – jahannamdan muhofaza etadi”,  deb javob berdi

Olimxon Isaqov 

"Hidoya" o'rta maxsus islom
bilim yurti o'qituvchisi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

24.08.2026   22259   1 min.
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning turli hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Mazkur bosh g‘oya asosida masjidlar va qabristonlarda ham hasharlar tashkil etilib, hududlar tartibga keltirilmoqda.

Xususan, masjidlar atrofi, qabristonlar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish, daraxtlarni parvarishlash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunday xayrli ishlar yurtimiz obodligiga hissa qo‘shish, muqaddas maskanlar va ajdodlar xotirasini e’zozlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yagona Vatan — yagona xalq!

Yangi hayot va yangi kelajak sari birgalikda!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari