Cavol: Men bir kishidan 5 mln so'm plastikdan qarz oldim. O'tkazilgan 5 mln so'm ustiga ilova o'zini 0.5 foiz haqini qo'shib hisoblab, u insondan 5 mln 25 ming so'm echib oldi. Endi men qarzni qaytarish paytida 5 mln so'm ustidagi 25 ming so'mni ham qo'shib 5 mln 25 ming so'm qilib qaytaramanmi yoki 5 mln so'mni o'zinimi?
Javob: Bismillahir rohmanir rohiym.
Islomda qarz muomalasi qilinganda qarzni etkazib berish xarajatlari qarz oluvchining zimmasiga tushadi. Bu borada “Al-Bahrur-roiq” kitobida shunday zikr qilingan:
وأما أجرة نقد الدين فإنه على المديون
“Ammo qarzni berishning xarajatlari qarz oluvchining zimmasiga lozim bo'ladi”(“Savdo-sotiq” bobi).
Shunga ko'ra, plastik orqali o'tkazilgan qarz mablag'i uchun olingan 0.5% lik to'lov qarz oluvchidan bo'ladi. Bu xuddi naqd pulni qarzga olish uchun qarzdor yo'lkira qilib, kelib olib ketishi kabidir. Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
Toshkent islom institutida «Aprel — O‘zbek va xorijiy tillar fan oyligi» doirasida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti hamda «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari o‘rtasida do‘stona intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqa o‘zbek, rus va ingliz tillarida, jami 7 ta murakkab bosqichda o‘tkazildi.
Intellektual duel davomida talabalar nafaqat o‘zlarining til bilish salohiyati va grammatik mahoratlarini, balki mantiqiy fikrlash hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham namoyon etdi. T
Tadbirda ishtirok etgan soha mutaxassislari va ta’lim muassasalari rahbariyati ta’kidlaganidek, bu kabi ilmiy bellashuvlar bo‘lajak mutaxassislarning ham intellektual, ham ma’naviy rivojlanishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Oliymahad.uz