Shayx Odil Shu'aybiy takfirchi Vahhobiylar fikridan tavba qilib, ahli sunna mazhabiga qaytgandan so'ng shunday deydilar:
Shayxlarimiz bizga: "Biz salafi solihlar yo'lidamiz", deyishgandi. Bilsam, biz xavorijlar tariqatida bo'lib chiqdik.
Bizga: "Sufiylar mushrik", deb aytishdi. Bilsam, ular Allohning eng ixlosli mo'min bandali ekanlar.
Bizga: "Solihlar ila yordam so'rash shirk" deb aytishdi. Fosh bo'ldiki bu amalni qilish musthab ekaniga ulamolar ijmo' qilgan ekanlar.
Bizga: "Tabarruk shirk", deyishdi. Bilsam, ulamolar mustahabligiga ittifoq qilgan bo'lib chiqdi.
Bizga: "Solihlarni vasila qilish shirk", deyishdi. Fosh bo'ldiki barcha ulamolar joiz deyishgan ekan.
Bizga: "Qabrlarda duo qilishni ahli sunna ittifoqi bilan qaytarilgan", deb aytishdi.
Bilsam, bundan faqat ibn Taymiya qaytargan ekan. Undan avvalgi ahli hadis ulamolarning bu amal mustahab ekaniga ittifoqi bor ekan.
Bizga: "Mavlid qilish munkar bid'at", deyishdi. Bildimki barcha asr ulamolari bu amalni ham mustahab deb aytishgan ekan.
Bizga: "Ash'ariylar bid'atchi firqa", deyishgandi. Fosh bo'ldiki Alloh taolo kitoblari ilmini saqlagan barcha muhaqqiq ulamolar Ash'ariylar bo'lib chiqdi.
Bizga: "Ahli sunna bizlarmiz", deyishgandi.
Bilsam, ular karromiylar tariqatidagi mujassima xavorijlarni ayni o'zi ekan.
Alloh tavbalarini qabul etsin!
-----------------
Diniy savodga bo'lgan ehtiyojini ijtimo'iy tarmoq bilan qondirishga harakat qilayotgan yosh birdarlarimizga tavsiya!
Ularni ijtimo'iy tarmoqda:
"Biz faqat Alloh va Rosuliga, Quron va sunnatga ergashamiz. Hukm faqat Allohniki, Allohu akbar", deya kishini qonini jumbushga keltiradigan, aslida yuzaki va sayoz da'volariga aldanib qolmang. Alloh va Rosuliga, Quron va sunnatga ergashish ular da'vo qilganidek mustaqil amalga oshirilmaydi. Quron va sunnatga ergashish salafi solihlar, muhaqqiq mujtahidlar mafhumini chuqurroq anglash, ular asos solgan ko'plab usullar asosida bo'ladi.
To'g'ri yo'ldan adashmaslik uchun biron ustozni o'zingizga lozim tutib, vaqtingizni ko'proq qismini matn ko'rishga ajrating. Hozircha ijtimo'iy tarmoqdan ilm olishdan saqlanganingiz ma'qul. Biroz matn ko'rib ta'lim olgach, yutubdan ham foydalanaverasiz.
"Nega ijtimo'iy tarmoqni ta'lim olishni ziddiga qo'yyapsiz, tarmoqdan ham o'rganish mumkin-ku?" deyilsa, bilingki, men bu gapni diniy savodi mutlaqo yo'q bo'lgan yoshlarga qarata xossatan aytdim. Ko'z o'ngimda ulg'ayib, salafiylik bilan kasallangan o'ttizga yaqin hamqishloq yigitlarni bilaman. Birortalari umrida na ustoz va na matn ko'rmagan. Sevikli ishlari musulmonlarni mushriklikda ayblash. Ozroq bo'sh kelinsa, odam o'ldirishi hech gap mas. Ularni o'zaro bog'lab turgan yagona jihati ijtimo'iy tarmoqda salafiylarning ma'ruzalariga mukkasidan ketganida.
Demak, avval to'g'ri ta'lim oling, so'ng ijtimo'iy tarmoqdan ham foydalanaverasiz.»
Eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqillik shodiyonalariga sanoqli kunlar qoldi. Ayyom arafasida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj bemorlar, keksalar holidan xabar olinib, ularga bayram tuhfalari yetkazib berilyapti.
Bugun Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiliklarida imom-domlalar, homiylar poytaxtimizning Olmazor tumanidagi "Islomobod" masjidida yig‘ilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar filiali hamda homiylar ko‘magida tayyorlangan oziq-ovqatlar jamlanmasi, shirinliklardan iborat ehsonlar bilan xonadonlarga kirib borildi.
Ko‘ngli o‘ksik insonlar bayram tuhfalarini olib, aziz yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda emasligiga yana bir karra amin bo‘lishdi.
Alloh taolo ehsonlarni qabul qilsin. Savoblarini ko‘paytirib bersin!
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati