Muqaddas dinimizda musulmonlar avvaliga Habashistonga , keyinchalik Muxammad alayhissalom boshchiligida Makka shahridan Madina shahriga hijrat qilganlari ma'lum. Va mana shu keyingisi dinimizdagi ulug' xodisa sifatida qamariy yil xisobining boshlanish sanasi sifatida tanlangan. Agar biz mazkur xijratlarda musulmonlar o'z yashab turgan erlaridan boshqa yurtlarga ketishga jonlari, e'tiqodlari va mol-mulklariga nisbatan xatarning o'ta kuchayganligi oqibatida xijrat sodir bo'lgan.
Hijrat ikki turga bo'linadi. Birinchisi yurtni tark etish va ikkinchisi gunoxlarni tark etishdir.
Ibn Mas'ud rivoyat qilgan xadisda aytiladi: “....Rasululloh alayhissalom: “Makka fatxidan so'ng hijrat yo'q......” dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati.)
Mazkur xadisni o'zidan oldin kelgan barcha xijrat to'g'risidagi xadislarni bekor ya'ni nasx qiluvchi ekanligini ulamolarimiz ta'kidlaganlar. Bundan ma'lum bo'lishicha yurtni tark etish bekor qilindi. Yana bir xadisda: “Rasululloh alayhissalom aytganlar: “Qo'li va tili bilan o'zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir. Alloh taolo man etgan narsalardan qaytgan kishi Hudo yo'lida xijrat qilgan kishidir” deganlar” (Imom Buxoriy rivoyati.) Ulamolar xadisni sharg'lab undagi “xijrat” dan murod “tark qilishdir” deganlar. Mana shu turdagi hijrat bugun ham mavjudligi xadisdan ma'lum bo'lmoqda.
Bugungi kunda aqiydaparastlar hijratmasalasida Qur'onnning “Niso” surasi 97- oyatini dalil qiladi: “O'ziga zulm qiluvchi xolda joni olinayotganlarga farishtalar: “Nima qilayotgan edinglar?”-derlar. Ular: “Yer yuzida bechora edik”, derlar. “Allohning eri keng edi-ku, xijrat qilsangiz bo'lmasmidi?” derlar. Ana o'shalarning joyi jahannamdir u qanday ham yomon joy!”.
Vaxolanki, ulamolar mazkur oyat avval islomni qabul qilib, Makkada yashab kelgan bo'lsada, Badr jangida Makkaliklar safida turib, musulmonlarga qarshi jangda ishtirok etganlar xaqida nozil bo'lganligini ta'kidlaydilar.
Shuningdek ulamolarning fikriga ko'ra, yuqoridagi oyat zajr, ya'ni qo'rqitish ma'nosidagi matn bo'lib, bunday matnlardan xulosa qilish uchun asl xukmlarga qaytiladi. Ya'ni asl xukm bo'yicha musulmonlar xech qachon do'zaxda abadiy qoladigan kofir bo'lmaydi.
Ibn Umar roziyallohu anhdan rivoyat qilingan xadisda aytiladi: “Rasululloh alayhissalom xuzurlariga bir kishi kelib: “Ey Allohning Rasuli, men ota-onamni yig'lagan xolda tashlab, xijrat qilish uchun sizning xuzuringizga keldim,- dedi. U zot alayhissalom esa “Ota-onang oldiga qaytib, ularni qanday yig'latgan bo'lsang, shunday kuldirgin, -deb javob berdilar.”
Yuqoridagi dalillardan musulmonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Islom dinining beshta arkoni emin-erkin bajarib kelinmoqda. Jannatmakon yurtimizga ko'z tegmasin. Halqimizni birdamlikda xayot kechirishini bardavom aylasin.
K. Hamraqulov,
O'zbekiston musulmonlari idorasining Norin tumani vakili
"Report" xabariga ko‘ra, tashrif O‘zbekiston bo‘ylab media-tur doirasida bo‘lib o‘tdi.
Imom Buxoriy maqbarasi Samarqand viloyatidagi eng muhim ma’naviy va tarixiy obidalardan biridir.
Tashrif davomida Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari vakillari Imom Buxoriy maqbarasi, masjid, muzey va kutubxona vazifasini bajaruvchi xonani o‘z ichiga olgan yodgorlik majmuasi hududi bilan tanishdi. Jurnalistlarga majmuaning yaratilish tarixi, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi, shuningdek, uning islom ilm-fanidagi alohida o‘rni haqida so‘zlab berildi.
Media-tur ishtirokchilari majmuaning muzey qismiga alohida e’tibor qaratdi. Bu yerda islom madaniyati va Imom Buxoriy merosiga oid qo‘lyozmalar va turli tarixiy materiallar taqdim etilgan. Shuningdek, muzeyda turli mamlakatlar vakillari tomonidan majmuaga sovg‘a qilingan Qur’oni karim nusxalari ham saqlanadi.
Ishtirokchilarga majmua turli mamlakatlardan kelgan dindorlar uchun ziyoratgoh va allomaning ma’naviy merosini asrab-avaylashning muhim markazi ekanligi haqida so‘zlab berildi. Jurnalistlar majmuaning me’moriy xususiyatlari va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma bilan ham tanishdi.
Imom Buxoriy eng nufuzli islom ulamolaridan biri va islom an’anasidagi eng muhim hadis to‘plamlaridan biri bo‘lgan "Sahih al-Buxoriy" hadislar to‘plamining muallifi hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati