Bugungi kunda terrorchilik tashkilotlarining da'vatchilari tinch davlatda yashab kelayotgan yoshlarni xorijdagi jangarilar tayyorlovchi markazlarga jo'natish maqsadida dunyoviy davlat va jamiyatni dinsizlikda ayblab, go'yoki hijratga chiqish farz amal ekani, “buning uchun hech kimning, hatto, ota-onaning ruxsatini olish kerak emas” yoki “ota-onamiz bizni dunyoga kelishimizga sababchi bo'lgan xolos, hamma ishni ham ularni maslahatlari bilan qilmaymiz” degan soxta tushunchalarni dindor yoshlarga singdirishga harakat qilishlari o'rta asrlardagi xovorijlarning amalidir.
Ijtimoiy taomoqlarda yoshlarni chalg'itish maqsadida bong o'rayotkanlarni yolg'on iddaolariga ko'ra falon joyda jihod bo'layapti, hamma musulmonlar o'sha erga borishi kerak, hijrat qilishi kerak, ota-onasi rozi bo'lmasa, ularni hiyla qilib chalg'itib ketsa bo'ladi, deyayotganlar payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning hadisi shariflarning hukmiga zid gaplarni aytmoqdalar va bu gaplari mutlaqo e'tiborsizdir. Ota-ona ruxsat bermasa, farzand o'zga yurtlarga jihod uchun chiqib keta olmaydi, bu ish gunohga aylanadi.
Demak, hozirgi kunda musulmonlar Islomni o'zgalarga tinch yo'l bilan, turli tuman vositalar yordamida etkazish imkoniga ega bo'ldilar. Ko'plab ulamolar ilmiy maydonda odamlarga Islomni etkazish yo'lida samarali xizmat qilmoqdalar.
“Mudofaa jihodi” dushmanlar musulmonlar yashaydigan yurtga urush qilib, bostirib kirsalar, himoya uchun mudofaa jihodi farzi ayn bo'ladi. Ulamolarimiz mana shunday holatdagina vatanni himoya qilish uchun hech kimni ruxsati kerak bo'lmasligini ta'kidlaydilar.
Buning ustiga talab jihodini oddiy fuqarolar emas, balki podshoh ya'ni, davlatning rahbari tashkillashtiradi. Davlat tomondan harbiy safarbarlik e'lon qilingandagina fuqarolarga unga itoat etib harbiy amaliyotlarda qatnashish farz bo'ladi. Oddiy fuqaro yo qandaydir to'daboshining tashabbusi bilan shar'iy jihod tashkil etilmaydi.
Hulosa o'rnida Mo'min-musulmonlar bugungi kunimizdagi turli qo'shtirnoq ichidagi voizlarning har qanday “jihod”ga jim-jimador chorlovlari oldida shoshib qolmasliklari, balki hamma e'tirof etgan ulamolarga quloq solishlari, ummat e'tirof etgan ulamolar atrofida birlashishlari zarurdir.
Manbalar asosida tayyorlandi
So'fiyev Abdulhakim,
Pop tumani bosh imom-xatibi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning turli hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Mazkur bosh g‘oya asosida masjidlar va qabristonlarda ham hasharlar tashkil etilib, hududlar tartibga keltirilmoqda.
Xususan, masjidlar atrofi, qabristonlar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish, daraxtlarni parvarishlash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bunday xayrli ishlar yurtimiz obodligiga hissa qo‘shish, muqaddas maskanlar va ajdodlar xotirasini e’zozlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yagona Vatan — yagona xalq!
Yangi hayot va yangi kelajak sari birgalikda!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati