"Ziyo" media markazi va "Navro'z" radiosi orqali efirga uzatilgan
"Ma'rifat ziyosi" ruknidagi radioeshittirish.
Dastur mehmoni: "Huvaydo" jome masjidi imom-xatibi:
ABROR DOMLA ALIMOV
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, mag‘firat qilinadi», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon" surasini o‘qisa, yetmish ming farishta tonggacha uning haqqiga istig‘for aytib chiqadi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi yoki juma kuni "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, Alloh unga jannatda bir uy bino qiladi», dedilar.