Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2026   |   5 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
18 Avgust, 2026, 5 Rabi`ul avval, 1448

Ravzai Sharifga 1 yilda faqat bir marta kirish mumkin bo'ladi

27.12.2023   6754   1 min.
Ravzai Sharifga 1 yilda faqat bir marta kirish mumkin bo'ladi

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi Madinai munavvaradagi Masjidi Nabaviyda joylashgan Ravzai Sharifga kirishda yangi tartib joriy etmoqda.

2024 yildan e'tiboran har bir ziyoratchi Ravzaga bir yilda 1 marta kirishi mumkin bo'ladi.

Ushbu qoida tobora ortib borayotgan ziyoratchilar oqimini tartibga solish uchun qo'llanilmoqda.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jizzaxda 35 nafar bolaning xatna to‘yi o‘tkazildi

14.08.2026   23851   1 min.
Jizzaxda 35 nafar bolaning xatna to‘yi o‘tkazildi

Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ehtiyojmand oilalar farzandlariga mehr-e’tibor ko‘rsatish maqsadida ularning xatna to‘yi o‘tkazildi.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakilligi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tadbirida 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar bolajonlarga xursandchilik ulashildi.

Bolalarga bayram munosabati bilan velosiped, kostyum-shim, ko‘ylak, oyoq kiyimlari hamda yana boshqa turli xil sovg‘a-salomlar taqdim etildi.

Bolalarning yaqinlari va jamoatchilik vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati matbuot xizmati

Yangiliklar