"O'zbekiston" radiokanali
"Ziyo" media markazi
“Imom Buxoriy o'gitlari” radio eshittirishi
Dastur mehmoni: Abror ALIMOV,
Toshkent shahar “Huvaydo” jome masjidi imom-xatibi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Birlashgan Arab Amirliklarining “Manara” bag‘rikenglik va muloqot markazi doimiy vakolatxonasi o‘z faoliyatini boshladi.
Markaz raisi doktor Ali Rashid Al Nuaymiyning rasmiy maktubiga ko‘ra, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi Jasur Najmiddinov “Manara” markazining O‘zbekistondagi vakili etib tayinlandi.
Ushbu vakolatxona yurtimiz va xalqaro ilmiy hamjamiyat o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalar, tadqiqotlar va tajriba almashinuvini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati