Hato e'tiqoddagi odamni belgilangan vaqtda portlaydigan bombaga o'xshatish mumkin. Chunki uning fe'l-atvorini tushunib bo'lmaydi, oldindan aytib bo'lmaydi, o'zini qachon portlatishini bilib bo'lmaydi. Uning fikrlash tizimida xatolik bor, shuning uchun o'zidan boshqacha fikrlaydigan har qanday odamning fikri unga g'alati tuyulaveradi, u insoniy fikrlash tabiatidan chiqib ketgan. Bir qarasangiz, hech kim eshitmagan gaplarni aytadi, g'alati fatvolar beradi, xalq orasida g'ayrioddiy ishlar qiladi.
عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ لَزِمَ الْاِسْتِغْفَارَ جَعَلَ اللهُ لَهُ مِنْ كُلِّ ضِيقٍ مَخْرَجًا، وَمِنْ كُلِّ هَمٍّ فَرَجًا، وَرَزَقَهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ.
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim istig‘forni lozim tutsa, Alloh unga har bir torlikdan chiqishni, har bir g‘amdan kushoyish nasib qiladi. Hamda uni o‘zi bilmagan joydan rizqlantiradi", dedilar (Abu Dovud va Nasoiy rivoyati).
Sharh: Doimo istig‘for aytib yurgan banda kam bo‘lmaydi. Ruhiy tarbiya ustozlari yangi muridlariga ertalab yuz marta, kechqurun yuz marta istig‘for aytishni vazifa qilib beradilar. Ana shunga amal qilish lozim.
"Hadis va hayot" kitobi 35-juz