Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

Markaz binosini har jihatdan go'zal va mahobatli qilish muhokama etildi

26.12.2023   578   3 min.
Markaz binosini har jihatdan go'zal va mahobatli qilish muhokama etildi

Bugun, 26 dekabr' kuni poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi faoliyati va muzey ekspozitsiyasini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Markaz mutasaddilari, olimlar, professorlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig'ilishni Prezident maslahatchisi, Kengash raisi Muzaffar Kamilov kirish so'zi bilan ochib, so'nggi yillarda yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada xayrli ishlar amalga oshirilayotgani, xususan, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qad rostlayotgan mahobatli O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazida keng ko'lamli qurilish va ta'mirlash, shuningdek, binoning tashqi va ichki qismlarini bezash ishlari jadal davom etayotganini alohida ta'kidladi.

Shundan so'ng Shoazim Minovarov O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazining 2023 yilda amalga oshirgan faoliyatiga doir hisobotini taqdim etish bilan birga Markazning navbatdagi katta loyihalari va rejalari haqida so'z yuritdi.

Tadbir asnosida Kengash a'zolari va soha mutasaddilari Markaz binosining tashqi va ichki bezaklaridagi xattotlik yozuvlari, ravoqlar uchun tayyorlanayotgan mahobatli rangtasvir asarlari, muzey ekspozitsiyasini shakllantirishning hozirgi holati va istiqboldagi vazifalar to'g'risida chiqish qilishdi.

Notiqlar qatorida so'zga chiqqan O'zbekiston musulmonlari idorasi Faxriylar kengashi raisi Shayx Abdulaziz Mansur hazratlari Markazdagi Qur'on zali ravoqlarini ipak gilam yuzasiga tushirilgan oyatlar bilan bezash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar haqida so'zladi.

Yig'ilish asnosida Markaz bir vaqtning o'zida ham muzey, ham kutubxona, ham ilmiy-tadqiqotlar olib boriladigan ko'p tarmoqli ilmiy, madaniy, ma'rifiy, ma'naviy muassasa shaklida bunyod etilayotgani va shunga muvofiq ravishda uning faoliyati ham keng qamrovli bo'lishi ta'kidlanib, ushbu jarayonda Kengash tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama etilib tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjonda muftiylar anjumani boshlandi

14.09.2026   1634   1 min.
Ozarbayjonda muftiylar anjumani boshlandi

Bugun, 14 sentyabr kuni Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov hamda boshqa qardosh va xorijiy davlatlar ulamolaridan iborat nufuzli delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

Yalpi majlisda nutq so‘zlagan muftiylar o‘z ma’ruzalarida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratmoqdalar:

– Kengash qoshidagi Fatvo hay’ati faoliyatini rivojlantirish, ummat uchun zarur qo‘shma fatvolar ishlab chiqish va zamonaviy masalalarga shar’iy yechim topish;

– diniy ta’lim muassasalarida ustoz va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-uslubiy loyihalarni amalga oshirish;

– ekstremizm, terrorizm, takfirchilik, islomofobiya va mazhablararo nizo qo‘zg‘ash kabi tahdidlarga qarshi yakdil ma’rifiy kurashni kuchaytirish.

Shuningdek, Ulamolar diniy-ma’rifiy sohadagi ana shunday hamkorlik butun Turkiy dunyo birdamligini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Anjuman davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari