CAVOL: Vitr namozini o'kilgani holda tahajjud o'kishni xohlab tunda tahajjud namozini o'kisa, vitr namozi qayta o'qiladimi?
JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kechasidagi oxirgi namozingizni vitr qilinglar", deganlar (Imom Nasoiy rivoyati).Ushbu hadisga ko'ra, kechasi tahajjud namoziga turishi aniq bo'lgan kishi vitr namozini tahajjud namozidan keyinga kechiktirishi mustahab amal sanaladi.
Agar kechasi tahajjud namoziga turishi aniq bo'lmasa, uxlab qolish xavfi bo'lsa, vitr namozini yotishidan avval o'qigani afzal. Agar vitr namozini o'qib yotganidan keyin yarim tunda tahajjud namozi uchun tursa, vitrni qayta o'qishi shart emas. Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.
#xabar #Islom_sivilizatsiyasi_forumi #buxoro
Tashrif davomida mehmon o‘zlari tahsil olgan qutlug‘ ilm dargohida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ta’lim jarayoni hamda keyingi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ustozlar bilan samimiy muloqot qilib, talaba yillariga oid iliq xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda 1968–1973 yillarda Mir Arab madrasasida tahsil olgan bo‘lib, keyinchalik Toshkent Islom institutini tamomlagan. 1979 yildan buyon Kavkaz musulmonlari idorasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, u xalqaro diniy tashkilotlar va maslahat kengashlarining faol a’zolaridan biri hisoblanadi.
Tashrif chog‘ida Shayxulislom O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ta’lim muassasalarini rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.
U kishi bu yurtda ustozlaridan nafaqat diniy ilm, balki hayot saboqlarini ham olganini alohida ta’kidlab, Mir Arab madrasasi va boshqa muqaddas maskanlarda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari davlatning din va milliy merosga bo‘lgan yuksak e’tiborining amaliy ifodasi ekanini qayd etdi.
Tashrif yakunida Mir Arab madrasasi jamoasi mehmonga samimiy tashakkur izhor qilib, mazkur uchrashuv ustozlar va talabalar uchun unutilmas ma’naviy-ma’rifiy muloqot bo‘lganini ta’kidladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati