Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyun, 2026   |   20 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:07
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:34
Bismillah
07 Iyun, 2026, 20 Zulhijja, 1447

Tunda tahajjud namozini o'kisa, vitr namozi qayta o'qiladimi?

26.12.2023   6530   1 min.
Tunda tahajjud namozini o'kisa, vitr namozi qayta o'qiladimi?

CAVOL: Vitr namozini o'kilgani holda tahajjud o'kishni xohlab tunda tahajjud namozini o'kisa, vitr namozi qayta o'qiladimi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kechasidagi oxirgi namozingizni vitr qilinglar", deganlar (Imom Nasoiy rivoyati).

Ushbu hadisga ko'ra, kechasi tahajjud namoziga turishi aniq bo'lgan kishi vitr namozini tahajjud namozidan keyinga kechiktirishi mustahab amal sanaladi.

Agar kechasi tahajjud namoziga turishi aniq bo'lmasa, uxlab qolish xavfi bo'lsa, vitr namozini yotishidan avval o'qigani afzal. Agar vitr namozini o'qib yotganidan keyin yarim tunda tahajjud namozi uchun tursa, vitrni qayta o'qishi shart emas. Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

Boshqa maqolalar

Musibatlar o‘tkinchidir

05.06.2026   5955   1 min.
Musibatlar o‘tkinchidir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Balo-musibatlarga mehmondo‘stlikni quyuq qiling, zero, ular o‘tkinchidir. Parvardigorning karami keng: Mo‘min bandasining oyog‘iga kirgan birgina zirapcha sababli Alloh taolo uning gunohlarini o‘chiradi. Ibn Javziy rahimahulloh aytadilar: "Balolar mehmondir bas, mehmondorchilikni quyuq qiling, toki ular mukofot diyoriga sizdan rozi bo‘lib ketsinlar. Balolar bo‘lmaganida qiyomatga quruq qo‘l bilan borgan bo‘lar edik. Agar senga g‘ayb pardasi ko‘tarilsa edi, mahzun bo‘lgan kunlaringni yaxshi ko‘rib qolarding. Agar balolarga sabr qilgan kishiga botmon-botmon savob berilayotganini ko‘rganingda, qalbing orom olib, qalbingni tirnagan alamlardan lazzatlangan bo‘lar eding".

Al-Azhar shayxi Shayx Ahmad Toyyib
Homidjon qori ISHMATBЕKOV tarjimasi