Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

Axli sunna val jamoa yo'nalishida Imon masalasa

20.08.2022   1392   3 min.
Axli sunna val jamoa yo'nalishida Imon masalasa

Islomning asosi aqida. Aqidaning asosi esa Alloh taoloning biru borligiga imon keltirishdir. Dinimining beshta asosi bo'lib, ulardan birinchisi va barcha amallarimizning qabul bo'lishiga asos bo'ladigani – imondir. “Imon” so'zi lug'atda “tasdiqlash”, “ishonish” degan ma'nolarni anglatadi. Yurtimizda an'anaviy hisoblangan moturidiylik mazhabi ta'limotlarida esa, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga Alloh taolo tomonidan etkazilgan barcha narsalarni dil bilan tasdiqlab, til bilan ifodalash “imon” deyiladi. Bu haqda “Aqoidun Nasafiya” kitobida shunday deyilgan:  ya'ni: “Iymon, (Rasululloh sallallohu alayhi vasallam) Alloh taolo huzuridan keltirgan narsani tasdiqlash va unga iqror bo'lishdir”.

Bundan kelib chiqadiki, kishi dilida tasdiqlagan narsani uzrsiz tilida aytmasa u Allohning nazdida mo'min bo'ladi, lekin odamlarning nazdida mo'min hisoblanmaydi. Aksincha, tilida aytib, dilida tasdiqlamasa, odamlarning nazarida mo'min hisoblansada, lekin aslida munofiq bo'ladi. Demak, chin mo'min bo'lish uchun kishi dili bilan tasdiq qilgan narsani tili bilan iqror qilishi shart qilingan.

Imom Moturidiy rahmatullohi alayhning nazdlarida dinda buyurilgan yoki qaytarilgan ishlarga amal qilish imonning sharti hisoblanmaydi. Demak, amal qilmagan kishini ham garchi amal qilmagani uchun gunohkor bo'lsa-da, uni musulmon deymiz. Mana shu masala avvaldan ko'p ixtiloflarga sabab bo'lib kelgan.
Havorijlar kabi adashgan toifalar amal qilish imonning sharti deganlar va amal qilmagan kishilarni kofirga chiqarib, ularga urush e'lon qilib, qirg'in-barot urushlar va ko'p musulmonlarning qonlari to'kilishiga sabab bo'lgan.

Afsuski, hozirgi kunda ham ushbu holat ba'zi toifa tarafdorlari tomonidan takrorlanmoqda.

Vaholanki, bizning Ahli sunna val jamoa e'tiqodimizga ko'ra, barcha ulamolarimiz bir ovozdan gunoh ish qilgan kishi modomiki uni halol sanamasa va farz amallarning farzligiga ishonib turib, dangasalik va beparvolik bilan uni ado qilmasa, uni kofirga chiqarmaydilar. Qolaversa, mazhabboshimiz Imomi A'zam rahmatullohi alayh o'zlarini “Fiqhul akbar” kitoblarida shunday deganlar:
ya'ni: “Musulmon kishini, gunohni halol sanamas ekan, biror gunohi sababli kofirga chiqarmaymiz, hattoki katta gunoh qilgan bo'lsa ham”.

Shuning uchun Moturidiy va Ash'ariy yo'nalishlari amal qilmagan musulmon kishini kofirga chiqarmaslik masalasida bir fikrdalar.

Abdurahmonov Muhammadxon 

"Hidoya" o'rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi 

 
MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

18.08.2026   5400   1 min.
Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.

 

Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.

 

Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi
O'zbekiston yangiliklari