Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

Imon va amal masalasida soxta salafiylarga raddiya

16.08.2022   1936   3 min.
Imon va amal masalasida soxta salafiylarga raddiya

Soxta salafiy (ya'ni, vahhobiylar) ash'ariy va moturidiylarning imon masalasiga oid e'tiqodlari mukammal emas va imon nomi ostiga amalni kirgazish kerak deb da'vo qiladilar. Ularning bu da'vosi asossiz va ikki mazhab tarafdorlariga bo'htondir.

Masala shundaki, to'g'ri tafakkur qilish orqali odatda aql bilan iymon hosil qilinadi. Odatda deyilishdan maqsad Alloh taolo iymonni inson to'g'ri tafakkur yuritganida yaratishidir. Alloh taolo Qur'oni karimda bu haqda: “Ayting (ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam), Yer yuzida sayru sayohat qilib, ilgari o'tganlarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'ringlar!” deb aytadi.
Imon bu tasdiqdir.

Ba'zi ulamolar imon bu tasdiq va shahodat kalimasini, ya'ni: “Ashhadu an la ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluhu…”niaytish imonning bir bo'lagi bo'lib, rukn hisoblanadi,  amal qilishlik esa komillik shartidir. Lekin shahodat kalimasini nutq qilish soqovlik va majburlash holatlarida soqit bo'lishining ehtimoli bor. Alloh taolo Nahl surasining 106-oyatida: “Kim Allohga iymon keltirganidan keyin (yana qaytib) kofir bo'lsa, (Allohning g'azabiga duchor bo'lur). Lekin kim qalbi iymon bilan orom olgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning iymoniga ziyon etmas),” deydi. Soqit bo'lishning ma'nosi: shahodat kalimasini uzr mavjud bo'lgani sababli aytmasligi sababidan Alloh taoloning azobiga duchor bo'lmasligidir.

Bu ahli sunna valjamoaning ikki yo'nalishi – moturidiy va ash'ariylarning gapidir. Ikki aqidaviy mazhab amal uchun ikki jihati bor, u ham bo'lsa, amal degani Alloh taolo va uning Rasuli sollallohu alayhi vasallam tarafidan yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarishi. Bu jihatdan amal imon nomi ostiga ulamolarning ittifoqiga ko'ra kiradi. Namozning farzligiga imon keltirish vojibdir, uni yolg'onga chiqarish esa kufrdir.

Ammo amallarning fe'l bilan ado etish jihatidan esa bu imon nomi ostiga kirmaydi, chunki agar bunday qilinsa, gunohkor osiy odamni kofir deb hukm qilish lozim bo'lib qoladi, bu esa botil gap. Shuning uchun ham zino qilgan va o'g'rilik qilganlarni kofirga chiqarish emas, balki ularga  jazo hadd tayin qilingan.  Demak, bir kishi namozni ado qilishga kirishsa, u  itoatkor mo''min bo'ladi, ammo uni farzligini inkor qilmay, uni ado etishda dangasalik bilan bosh tortsa, gunohkor mo''min kishi hisoblanadi.

Salafi solihlarning: Imon bu so'z va amal qilish degan so'zining ma'nosi, tasdiq bilittifoq rukn hisoblanadi, ikki shahodat kalimasini aytish, bir rivoyatga ko'ra, soqit bo'lishi ehtimoli bor rukn bo'lsa, boshqa rivoyatga ko'ra, komillik sharti bo'ladi, amal esa bilittifoq komillik sharti hisoblanadi.

Ko'kaldosh o'rta maxsus islom bilim yurti                 

R.Axundjanov

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Asrlarni birlashtiruvchi meros»: mediaforumda Qur’on, qo‘lyozmalar va sun’iy intellektga oid loyihalar taqdim etiladi

26.08.2026   15374   2 min.
«Asrlarni birlashtiruvchi meros»: mediaforumda Qur’on, qo‘lyozmalar va sun’iy intellektga oid loyihalar taqdim etiladi

 «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumining uchinchi yalpi sessiyasi 26 avgust kuni «Asrlarni birlashtiruvchi meros. Islom sivilizatsiyasining ma’naviy mazmun-mohiyati» mavzusida bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada Qur’on merosi, qadimiy qo‘lyozmalar, xattotlik, hujjatli kino hamda tarixiy manbalarni o‘rganishda sun’iy intellektdan foydalanish masalalari o‘rin olgan, xabar bermoqda iccu.uz.

Asosiy loyihalardan biri — «114 Qur’on: islom olami xattotligining 114 durdonasi» bo‘ladi. Uni Mueller & Schindler nashriyot uyi vitse-prezidenti Aleksandr Vilgelm taqdim etdi. Shuningdek, sessiyada «Katta Langar Qur’oni: haqiqat va afsonalar» xalqaro loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Uni Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kotibi Rustam Jabborov taqdim qildi.

Sankt-Peterburg hujjatli filmlar studiyasi bosh direktori Aleksey Telnov «Yagona tarixiy meros sahifalari» loyihasi doirasida yaratilgan «Masjid» filmining treylerini namoyish etdi. Islomshunos va madaniyat arbobi Ketlin Gyobel ishtirokchilarni «Allohning 99 ismi: Uning go‘zal ismlari orqali Yaratganni anglash» noshirlik loyihasi bilan tanishtirdi.

Alohida blok yangi texnologiyalarga bag‘ishlanadi. Sberbank Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi ijrochi direktori Vladimir Kox hamda Islom sivilizatsiyasi markazi professori, bosh ilmiy xodimi Zohidullo Munavvarov «Sun’iy intellekt — qadimiy qo‘lyozmalarni o‘qishning raqamli kaliti» loyihasini taqdim etadi. Dasturdan, shuningdek, «Payg‘ambarning fazilatlari» kitobi va «O‘zbekiston tarix xaritasida: imperiyalar, sivilizatsiyalar, davrlar» loyihasi ham o‘rin olgan.

Xalqaro munozara «Jaholatdan ma’rifat sari: stereotiplar va islomofobiyani bartaraf etishda medianing o‘rni» mavzusida o‘tkaziladi. Unda Islom hamkorlik tashkiloti, shuningdek, Jazoir, Ummon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Iroq, Mali va O‘zbekistonning davlat va xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif «Jurnalistikada tarix va sun’iy intellekt: merosni onlayn makonda qanday saqlash mumkin?» loyihasini, Islom sivilizatsiyasi markazi media bo‘limi rahbari O‘ktam Usmanov esa «O‘zbekistonni dunyoga mashhur qilgan olimlar» kitobini taqdim etadi. Sessiya «Dunyo Qur’oni: xattotlik an’analaridan — kelajak merosi sari» taqdimoti bilan yakunlanadi. Islom sivilizatsiyasi markazi huzuridagi Xattotlik maktabi direktori Habibullo Solih turli mamlakatlar va islom xattotlik maktablari an’analarini birlashtiruvchi noyob Qur’onni yaratish bo‘yicha xattotlar o‘rtasidagi Jahon tanlovini e’lon qiladi.
 
Forumning asosiy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ladi. Unda deyarli 50 mamlakatdan media va ekspertlar hamjamiyatining 300 nafar vakili — mediakompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar hamda kreativ industriya mutaxassislari ishtirok etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari