Ibn Kasir o'z tafsirlarida taqvo haqidagi oyatlarning tafsirida: «Taqvodorlik avlodlarga ta'sir qiladi. Alloh taqvodor, solih odamning etti pushtini muhofaza qiladi» deb yozganlar. Hazrati Muso alayhissalomning tarixlarida Hizr alayhissalom bilan birga ikki etim bola yashaydigan uyning devorini tuzatib qo'yganlari aytilgan. Alloh taolo ikkita aziz bandasini – ularning biri payg'ambar, biri ilmi laduniy ato etilgan zot – uxlab yotgan ikki etimga tekin mardikor qilib qo'ydi. Nima uchun? Buning hikmati shu ekanki, o'sha etimlarning otasi solih odam bo'lgan ekan. Ibn Kasir rohimahulloh shu oyatning tafsirida «O'sha ikki etimning bevosita tug'dirgan otasi emas, ettinchi avlodidagi bobosi solih zot bo'lgan» deb keltiradilar. Umuman, bir yomonlikning etti pushtga urishi, etti pushtini surishtirish degan istiloh bekorga qo'llanilmaydi. Avlodlar orasida etti pushtgacha o'zaro aloqalar bo'ladi. Qaysi bir suhbatimizda insonning urug'i orqali nafaqat qon, suyak, tirnoq, soch kabi belgilar, balki irsiy ma'lumotlar ham o'tadi, degan edik. Buni bugungi kunning yuksak taraqqiy etgan genetika, psixogenetika fani tasdiqlab turibdi. ta'riflab beryapti
Demak, bu ijobiy ta'sir Qur'on va sunnatning mahsuli, ilmning mahsuli ekan. Ammo yaxshilik etti pushtga etganidek, yomonlikning zarari ham etti avlodgacha borishi ham bor.
Har bir inson, butun jamiyat o'zaro munosabatlarni xalqlarning turli-tuman urf odatlari, madaniyati va qadriyatlarini tan olgan holda bag'rikenglik asosiga qurishi zarur. Zero, tinch-totuvlik, bag'rikenglik taraqqiyot garovidir.
Alloh taolo aziz va mustaqil yurtimizda yashayotgan barcha dindorlarni tinchlik, totuvlik o'zaro hurmat va e'tiborda istiqomat qilishlarida madadkor bo'lib, Ona-Vatanimizni turli balo va ofatlardan hifzu himoyasida saqlasin, Alloh O'zi bizlarni Haq dinidan ayirmasin va iymonimizni doimo hamroh qilsin!
“KAMOLHON EShON BUVA“ MASJIDI IMOM NOIBI
ZIYoVIDDINOV AZIMHON
Mustaqillikning 35 yillik bayrami munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab 22–23 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilyapti.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi rahbariyati tashabbusi bilan 22 avgust kuni poytaxtimizdagi barcha masjidlarda masjid xodimlari bilan birgalikda jome hovlisi, xonaqoh, ko‘chalar, yo‘laklar tartibga keltirilmoqda, daraxtlarga ishlov berilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati