Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

“YaNGI HAYoT UChUN, YaNGI O'ZBYeKISTON UChUN!”

25.12.2023   1803   2 min.
“YaNGI HAYoT UChUN, YaNGI O'ZBYeKISTON UChUN!”

Shu yil 22 dekabr kuni muhtaram Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan mamlakatimiz miqyosida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan shior ostida ziyolilar, ilm-ahllari va keng jamoatchilik ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar boshlandi.

Bugun, poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni, “Navro‘z” to‘yxonasi, Uch tepa tumani hokimiyati kabi maskanlardagi bo‘lib o‘tgan tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Respublika Ma’naviyat va madaniyat markazi rahbari, senator Minhojiddin Mirzo kabi ziyo ahllari ishtirok etdilar.   

Tadbirda so‘zga chiqqan notiqlar bugungi murakkab davrda xalqimizning milliy manfaatlarini asrab-avaylash, tinch va osuda hayotni saqlash, dunyoning ayrim nuqtalaridagi notinch vaziyat tufayli insonlar aziyat chekayotgani, ana shunday bir sharoitda yurtimizda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladilar. Shuningdek, ushbu mavzular Qur’oni karim oyatlari, hadisi shariflar va ibratli voqealar asosida ta’sirchan bayon etildi.

Tadbirda diyorimizning tinchligiga o‘z navbatida davlatimiz rahbarining bu sohada olib borayotgan sa’y-harakatlari ham muhim omil ekani, bu dunyoda Vatandan azizroq makon yo‘qligi, u bilan faxr-iftixor tuyish, jadid bobolarimizning milliy davlatchilikka qo‘shgan hissasi, ilm-ma’rifatga bergan e’tiborlari haqida so‘z yuritildi.

Istiqlol sharofati bilan ijtimoiy, ma’naviy va diniy qadriyatlarning qaytadan tiklanishi va rivojlanishi uchun keng yo‘l ochilgani, hurlik bizga o‘zligimizni qaytargani, dinu diyonatimizni tortiq etgani, erkin e’tiqod va ibodat qilishimizni ta’min etgani alohida qayd qilindi.

Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamaxshariy kabi ulug‘ mutafakkir va allomalarning boy merosi, ularning ilm-fan taraqqiyoti rivojiga bebaho hissa qo‘shganlari hayotiy misollar bilan e’tirof etildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar har bir fuqaroning milliy va diniy asriy orzu-umidlari ro‘yobga chiqishiga mustahkam asosdir. Quvonarlisi, bugungi ozod va obod yurtimizda milliy qadriyatlar ham, diniy qadriyatlar ham sayqal topayotganini har qancha e’tirof etsak, shukrona keltirsak arziydi.

Tadbirlar doirasida ma’naviy-ma’rifiy kitoblar, milliy hunarmandchilik namunalari va videolavhalar namoyish etildi.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   13608   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari