Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Noyabr, 2025   |   26 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:51
Quyosh
07:13
Peshin
12:13
Asr
15:21
Shom
17:06
Xufton
18:22
Bismillah
17 Noyabr, 2025, 26 Jumadul avval, 1447

Ro'zani buzmaydigan amallar

07.06.2016   906   4 min.
Ro'zani buzmaydigan amallar

- ro'zador barmog'i yoki namlangan paxta bilan qulog'ini tozalasa, ro'zasi  ochilmaydi. Zero, quloq pardasi biron bir narsani bosh tomonga o'tkazmaydi;

  

- ro'zador ayolni ginekolog ko'rigi ro'zasi buzmaydi;

 

- ichki bavosil (gemorroy)  va  qoshiq bilan tomoqni tekshirish ham ro'zani buzmaydi;

 

- teri ostiga  (yonboshga)  qilingan ukol, emlash ham ko'pchilik fuqaholar nazdida ro'zani buzmaydi;

 

- ro'zador boshi yoki boshqa a'zolaridan qon oldirsa ro'zasi ochilmaydi;

 

- ro'zador ostini (mahrajini) yuvib, uni quritmay o'rnidan turib ketsa ro'zasi buziladi. Chunki qolgan suv ichiga ketib qolishi mumkin. Agar yuvgandan keyin orqasini biror narsa bilan artib, o'rnidan tursa ro'zasi buzilmaydi;

 

- ro'zador ayol paxtani jinsiy a'zosiga qo'yib, uni ichiga kiritib yuborsa ro'zasi buziladi, paxtaning bir tarafi tashqarida tursa ro'za buzilmaydi;

 

- ro'zadorning orqasiga termometr yoki haroratni o'lchovchi tibbiy jihozni kiritilsa ro'za ochilmaydi;

 

- erkak va ayolning orqasi hamda oldi tomonidan tibbiy bog'lama muolajalari kiritilsa ro'za buziladi.

 

- ro'zadorning terisi orqali kirgan narsa ro'zasini buzmaydi. Agar suvning sovuqligini ichida sezsa ham ro'zasi ochilmaydi. Shu kabi yuz terisini yog'lasa yoki surma qo'ysa ro'za buzilmaydi, agarchi og'zida uning ta'mini sezsa yoki tupigida rangini ko'rsa ham;

 

-   Dori sotuvchi dorixonadagi dorilarning ta'mi va hidlarini sezsa ham ro'zasi buzilmaydi;

 

-   Ro'zador qulog'iga ixtiyorsiz kirgan suv ro'zani buzmaydi, ammo qasddan suv kiritsa ro'zasi ochiladi;

 

-   Ro'zador tamaki hidini qasddan hidlasa yoki ichiga kiritsa, shubhasiz ro'zasi ochiladi ( “Raddul muhtor” kitobi);

 

Ro'zador og'zini xurmo, ho'l yoki quruq mevalar bilan ochishi sunnat. Suv bilan ham ochish joiz. Bir oz tamaddi qilgandan so'ng shom namozini ado qilish sunnatga muvofiqdir.

 

Fatvo hay'ati

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mir Arab oliy madrasasida "Ey bandalarim" kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

17.11.2025   9   1 min.
Mir Arab oliy madrasasida

Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining "Ey bandalarim" nomli kitoblari taqdimoti o‘tkazildi. 

Taqdimot tadbirida Oliy madrasa O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Uchqun Avliyoqulov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘lim boshlig‘i Mustafo Xodjayev,  shayx Ahmad Rajab Ahmad Adaviy, shayx Ahmad Muhammad Ali Misriy, Oliy madrsaning boshqa ustozlari hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda ustoz Xolmurod domla Rahimov Muftiy hazratlari tomonidan yozilgan mazkur yangi kitob, uning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati to‘g‘risida nutq so‘zladi.


 

Mir Arab oliy madrasasida Mir Arab oliy madrasasida
O'zbekiston yangiliklari