Shu yil 20 iyul' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov “Ekstremizm va terrorizmning oldini olishda diniy ta'limning o'rni: Mustaqil davlatlar hamdo'stligi tajribasi” nomli xalqaro anjumanda onlayn tarzda qatnashdi. Unda Rossiya, MDH davlatlari diniy soha rahbarlari, muftiylar, professorlar, ilmiy tadqiqodchilar ishtirok etdi.
Halqaro anjumanda notiqlar mavzu doirasida ma'ruza bilan qatnashdi, ushbu yo'nalishda qo'llanilayotgan ilg'or tajribalar bilan o'rtoqlashdi, muammoli vaziyatlar muhokama qilindi.
Hususan, Homidjon domla Ishmatbekov ham xalqaro anjumanda mavzusi doirasida ma'ruza bilan qatnashib, bugungi murakkab davrda butun dunyoga katta tashvish bo'lib turgan ekstremizm va terrorizmning tub ildizi jaholat ekani, shu bois Islom dini bu illatlarni diniy ta'lim va ma'rifat bilan muolaja qilishga butun insoniyatni da'vat etishi, hozirgi kunda dolzarb bo'lib turgan masalalarni yirik ulamolar, taniqli muftiylar, din va davlat arboblari muhokama qilayotganlari tadbirning foydaliligi va nufuzini bir necha baravar oshirishini ta'kidladi hamda bu bo'yicha O'zbekiston tajribasi haqida ma'lumot berib o'tdi.
Halqaro anjuman ishtirokchilarining yakdil fikriga ko'ra, mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning oldini olish, ularga qarshi kurashda tengsiz omil bu sof diniy ta'limni rag'batlantirish va jamiyatda kengroq yoyish ekani ta'kidlandi va bu borada o'zaro hamkorlik masalalari kelishib olindi.


O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Tili va dili bilan iymon keltirib, uning taqozosiga ko‘ra go‘zal hayot kechirgan inson komil mo‘min deyiladi. Bunday kishilar do‘zax yuzini ko‘rmay, Allohning fazli-marhamati ila to‘g‘ri jannatga kiradilar. Tili va dili bilan iymon keltirib, katta gunohlar qilib, tavba qilmay vafot etgan inson fosiq mo‘min hisoblanadi...
Tili bilan iymon keltirib, qalbida iymoni bo‘lmagan kimsa munofiq hisoblanadi. Bunday kishiga dunyoda mo‘minlarga o‘xshab muomala qilingani bilan oxiratda ular uchun hech qanday nasiba bo‘lmaydi, Alloh asrasin.
Shayx Nuriddin XOLIQNAZARning “Rabboniy nidolar” kitobidan