Alloh taolo har bir amalni ixlosu muhabbat bilan ŭZining qoidasiga muvofiq bajargan bandalariga ulkan mukofotlarni ato qiladi. Haj amallarini gŭzal holatda ado qilgan kishilar uchun dunëda gunohlari kechirilishi, oxiratda esa jannat mukofot qilib beriladi.
Abu Huraĭra roziĭallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam: “Umradan umragacha bo'lgan (sag'ira) gunohlar kechiriladi. Mabrur hajning mukofoti faqat jannat bo'ladi!”, dedilar» (Imom Bayhaqiy rivoyati).
“Mabrur” sŭzi lug'atda yaxshilik qilingan, qabul qilingan ma'nolarini anglatadi. Ulamolar hadisni sharhlar ekanlar, hajning mabrur bŭlishi uchun quĭidagi sifatlar topilishi lozim deganlar. Ixlos: zuhdi ziyëda bŭlishi; oxiratga rag'bat qilish; barcha hukmlarini tŭliq bajarish; safarda fisq va ma'siyatlardan, fahsh sŭzlardan tiĭilish; riyë, sum'a va ujbdan saqlanish.
Alloh taolo hojilarga bergan eng katta imkoniyatlardan yana biri gunohlarni mag'firat qilishidir. Nafaqat hojining, balki hoji gunohlarini mag'firat qilishni sŭragan insonlarning ham gunohlarini Alloh taolo kechiradi. Shuning uchun ziyëratga kirgan kishilar hojidan haqlariga duo qilishni sŭraĭdilar.
Abu Huraĭra roziĭallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallamning: “Kim haj qilsa, yomon gap va yomon ish qilmasa, xuddi onasi tuqqan kundagidek ortga qaytadi”, deyaëtganlarini eshitdim» (Imom Buxoriy rivoyai).
Abu Huraĭra roziĭallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam: “Kimki haj qilsa, yomon gap va yomon ish qilmasa, o'tgan gunohlari kechiriladi”, dedilar».
Bu erda kichik gunohlar nazarda tuttilgan. Chunki katta gunohlarning kechirilishi uchun tavba shart. Sŭzimizni quĭidagi hadisi sharif ham quvvatlaĭdi.
Abu Huraĭra roziĭallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam: “Besh vaqt namoz (o'rtasida), jumadan jumagacha, Ramazondan Ramazongacha bo'lgan gunohlar, agar kabirasidan chetlanilsa, kechiriladi”, dedilar” (Imom Muslim rivoyati).
Alloh taolo yurtimiz hojilarining qilgan ibodatlari, duo va zikrlarini O'z dargohida husni qabul etsin! Hajingiz mabrur, sa'yingiz mashkur bo'lsin!
Davomi bor...
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlarining
"Haj buyuk ibodatdir" nomli kitoblaridan olindi.
Mustaqilligimizning 35 yillik ayyomi hamda yangi o‘quv yili munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli xayriya tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur xayrli tashabbus asosida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 2 161 ta masjid xodimlari ishtirokida 11 144 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga maktab formalari va o‘quv qurollari beg‘araz hadya qilindi.
Ushbu aksiya doirasida ajratilgan ko‘makning umumiy miqdori 4 milliard 929 million 995 ming so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, joriy yilda «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan ham 1500 nafar yetim va chin yetim bolalarga bayram sovg‘alari hamda maktab formalari va o‘quv qurollari hadya qilindi. Xususan, Farg‘ona viloyatida 302 nafar, Samarqand viloyatida 243 nafar va Qashqadaryo viloyatida 215 nafar boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchilarga yordamlar ko‘rsatildi.
Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodning sifatli ta’lim olishiga ko‘maklashish, ularni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash hamda qalblarida bayram quvonchi ulashishdir.
Istiqlol bayrami arafasida amalga oshirilayotgan bunday xayriya tadbirlari yurtimizda inson qadri, bolalar manfaatlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy namunasi, deyish mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati