"يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا إِذَا ضَرَبْتُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَتَبَيَّنُوا وَلَا تَقُولُوا لِمَنْ أَلْقَى إِلَيْكُمُ السَّلَامَ لَسْتَ مُؤْمِنًا تَبْتَغُونَ عَرَضَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فَعِنْدَ اللَّهِ مَغَانِمُ كَثِيرَةٌ كَذَلِكَ كُنْتُمْ مِنْ قَبْلُ فَمَنَّ اللَّهُ عَلَيْكُمْ فَتَبَيَّنُوا إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا".
"Ey, imon keltirganlar! Alloh yo'lida safarga chiqqaningizda, aniq ish tutingiz! Sizlarga salom bergan (yoki taslim bo'lgan) kishiga bu dunyo matohini (o'ljani) ko'zlab: «Mo'min emassan», – demangiz!Allohning huzurida ko'p o'ljalar (bordir). Ilgari sizlar ham shunday (imoningizni sir tutar) edingiz, (so'ngra) sizlarga Alloh ne'mat ato etdi. Bas, aniqlab ish tutingiz! Albatta, Alloh (barcha) ishlaringizdan xabardordir" (Niso surasi, 94-oyat).
Izoh: Bir necha sahobalar Madina tashqarisiga chiqqanlarida bir guruh mushriklarga duch keladilar. Sahobalardan qo'rqib tarqab ketishganda, Mirdos ismli mushrik qolib, ularga salom beradi va imon kalimasini aytadi. Shunga qaramay, uni o'ldirib, narsalarini o'lja qilib keltirgan Zayd (yoki Miqdod)ni Rasul alayhissalom qattiq koyiydilar.
Oyatda mushriklar ichida ham pinhona imon keltirgan, lekin uni oshkor qilishga qulay fursat topa olmay yurganlar ham bo'lgani bayon qilinmoqda. Mo'min ekanini izhor qilgan paytda kofirlikda ayblamaslik zarurligi ta'kidlanmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli buyrug‘i asosida oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida yangi, 2026-2027 o‘quv yilining boshlanish sanasi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining barcha kurs talabalari uchun dars jarayonlari 2026 yil 7 sentyabrdan boshlanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati