Turkiya yanvar' oyi boshida o'zining birinchi kosmonavtini koinotga jo'natishni rejalashtirdi, deb yozadi “TASS” agentligi respublika sanoat va texnologiyalar vaziri Fotih Kadjir bayonotiga tayanib holda.
Vazirlik xodimi ta'kidlaganidek, turk kosmonavti Alper Gezeravji 9 yanvar' kuni HKB(Halqaro kosmik bekat)ga jo'nab ketadi.
Parvoz Turkiyaning ilmiy va texnologik salohiyatini namoyish etishni maqsad qilgan. Kosmosda o'ndan ortiq ilmiy tajribalar o'tkazish reja qilingan.
Yaqin kelajakda missiya ishtirokchisi parvoz oldidan karantin rejimiga o'tkaziladi.
Yoz faslida Turkiya koinotiga mahalliy zondli raketani muvaffaqiyatli uchirishga muvaffaq bo'lingan edi.
Avvalroq Eron 2028 yilda koinotga birinchi kosmonavtni jo'natishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qilgandi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkil topganiga 35 yil to‘lgani munosabati bilan Olmaota shahrida “Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda Islom: tarixiy an’analar va zamonaviy imkoniyatlar” mavzusida nufuzli xalqaro anjuman o‘tkazildi. Unda turli davlatlardan kelgan islom ulamolari ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi direktor o‘rinbosari G‘ulomiddin Xolboyev ham qatnashib, “Sun’iy ong (intellekt) va uning hukmi” mavzusida chiqish qildi.
Darhaqiqat, sun’iy ong (SO) – odam kabi fikrlab, qo‘yilgan muammoga yechim topishga yo‘naltirilgan bugungi texnologiya. Garchi u turli uskuna va jihozlar ko‘rinishida bo‘lsa ham, qaror qabul qilish, insoniy xulq-atvorga taqlid qilish kabi qobiliyatlarga ega.
Axborot asri deb atalayotgan bugunga kelib ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari juda ham tez va shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Taraqqiy etgan o‘lkalarda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish kengayib, u ko‘plab sohalarga kirib bormoqda. Ushbu “ong”ning shar’iy hukmiga aniqlik kiritish zamona faqihlari oldida turgan muhim vazifalardan. Zero, undan musulmonlar ham keng miqyosda foydalanmoqda.
O‘zbekiston ulamolari vakili G‘ulomiddin domla Xolboyevning chiqishi shu ma’noda katta qiziqish bilan tinglandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati