Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Avgust, 2026   |   9 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:13
Quyosh
05:39
Peshin
12:26
Asr
17:13
Shom
19:16
Xufton
20:38
Bismillah
22 Avgust, 2026, 9 Rabi`ul avval, 1448

Ahli cunnat e'tiqodi haqida

12.06.2022   2406   2 min.
Ahli cunnat e'tiqodi haqida

Musulmon odam avvalo ahli sunnat val jamoat olimlari bildirganidek ishonishi lozim. Jahannamning abadiy azobidan qutuluvchilar e'tiqodi ahli sunnat bo'lgan kishilardir.  

“Ahli sunnat” atamasi ko'proq izofat holida, ya'ni “Ahli sunnat e'tiqodi yoki aqidasi”, “Ahli sunnat mazhabi”, “Ahli sunnat yo'li”, “Ahli sunnat firqasi”, “Ahli sunnat va jamoat firqasi” shaklida ishlatiladi.

Eng ulug' olim va avliyolardan imomi Rabboniy Mujaddidi Alfi Soniy Ahmad Foruqiy Sarhandiy (quddisa sirruh) aytdiki:

“Aqlli va balog'atga etgan har erkak va ayolning birinchi vazifasi ahli sunnat olimlari yozgan aqoid bilimlarini, ishoniladigan narsalarni o'rganish va bularga mos e'tiqod qilishdir. Qiyomatda, ya'ni o'lganidan keyin jahannam azobidan qutulish, ularning bildirganlariga ishonishga bog'liq” [Maktuboti Rabboniya].

“Musulmonlarning birinchi vazifalari e'tiqodini to'g'rilab, ahli sunnat val jamoat olimlarining bildirganlariga mos ishonishdir. Ikkinchi vazifasi fiqh (islomiyatning amr va taqiqlariga oid) ilmlarni o'rganib, har ishini bularga moslab bajarishdir” [Mavlono Holid-i Bag'dodiy, E'tiqodnoma/al-iymon val-islom].

Qiymatli Usmoniy olimlaridan Toshko'prikzodaning aytganidek:

“Ahli sunnatning aqoidda ikkita tarmog'i bor. 1. Moturidiya mazhabi. Uning imomi Abu Mansur Moturidiy (rahimahulloh). 2. Ash'oriya mazhabi. Buning imomi esa Abul-Hasan Ash'oriydir (rahimahulloh). Ikkalasi ham targ'ib qilgan iymon asoslari birday. Oralarida faqat ba'zi kichik xususlarga tegishli izoh, ifoda va uslub tarzidan kelib chiqqan juz'iy farqlar bor”.

“Allohu taolo yuborgan har bir din ikki qismdan tashkil topgan. Biri qalb bilan ishonilishi lozim bo'lgan ilmlar, ikkinchisi badan yoki qalb bilan bajariladigan ibodat ilmlari. Bulardan e'tiqod asoslari har bir dinda bir xil bo'lib dinning asli va asosidir. E'tiqod din daraxtining tanasidir. Amal esa, shu daraxtning shoxlari va barglari kabidir. Har bir musulmonning avvalo e'tiqodini tuzatishi, ahli sunnat val jamoat olimlari bildirganidek ishonishi lozim. Jahannamning abadiy azobidan qutuladiganlar faqat mana shu e'tiqodda bo'lganlardir” [Imomi Rabboniy, Maktuboti Rabboniya].

“Qalbga keladigan butun ma'naviy ahvol/hollarni, kashflarni bizga bersalar, lekin qalbimizni ahli sunnat e'tiqodi bilan bezatmasalar, o'zimni xarob bo'lgan deb bilaman. Butun falokatlarni ustimga to'plasa-yu, lekin qalbimni ahli sunnat e'tiqodi bilan sharaflantirsa, hech qayg'urmayman”

 

Sh.Rashidov tumani "To'ptolobod"

jome masjidi imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

19.08.2026   30787   1 min.
Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi.

Davlatimiz Rahbari tomonidan har jabhada olib borilayotgan yangilanish va islohotlarga hamohang tarzda Diniy idora tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jami 700 nafar pedagog va soha mutaxassisi, jumladan, 300 nafar ishtirokchi bevosita anjuman zalida, 400 nafar ishtirokchi esa hududlardan videoselektor orqali qatnashadi.

Anjumandan ko‘zlangan maqsad sohadagi istiqbolli rejalarni muhokama qilish, diniy ta’limda pedagogik va kasbiy mahoratni oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish hamda diniy ta’limni yangi bosqichga olib chiqishdir.

Dastur doirasida soha rahbarlari ishtirokida tahliliy ma’ruzalar, taniqli professorlar tomonidan mahorat darslari, ilmiy-metodik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishib, Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari