Shuningdek mashhur olimlardan Husayn Voiz Koshifiy «Axloqi muhsiniy» asarida farzandlar tarbiyasida muhim bo'lgan islomiy qadriyatlarga to'xtalib: "Farzand Haq taoloning omonatidir. Ota-onadan mahshar vaqtida bu omonat haqi talab qilinadi. Bu omonat go'yoki oyna - butun borliq ko'zgusi, avvalidir. Haqiqat javohiri uni nimaga xohlasa, o'shanga moyil qilishi mumkin.” Shunday maslahatlardan so'ng hammada bir savol tug'uladi «Biz internet va ijtimoiy tarmoq turlaridan foydalanmasligimiz kerakmi? Javob o'laroq aytamizki yo'q foydalaning illo bugungi kunda ulardan foydalanmaslikni iloji ham yo'q, faqat bir narsani unutmang vertual olamga siz emas vertual olam sizga hizmat qilsin.»
Hindistonning siyosiy arbobi Maxatma Gandi o'z davrida shunday yozgan edi: «Men uyimning eshik va derazalarini mahkam berkitib o'tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib, xonadonimni ag'dar-to'ntar qilib, o'zimni yiqitib tashlaydigan darajada ochib ham qo'ya olmayman». Bu so'zlarni bugungi axborot asrida turli ma'lumotlarning kirib kelishi, u yoki bu mintaqada to'g'ri e'tiqodga salbiy yoki ijobiy ta'sir etishi ma'nosida qo'llash ham mumkin. Shuning uchun ham yoshlarda internetning yaxshi tomonlaridan unumli foydalanish, yomon ta'sirlaridan o'zlarini himoya qila olish imunitetini shakllantirish zarur. Shu o'rinda Fitratning ushbu so'zlari yodimizga tushadi «Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya, axlok tarbiyasi.»
Virtual olamdagi axborot xurujidan himoyalanish uchun mustaqil fikrga ega bo'lishimiz lozim. Biz yot g'oyalardan o'zimizni himoya qilishiga e'tibor berishimiz kerak, ya'ni har bir inson uchun mustaqil fikr zarur. Mustaqil fikrga ega bo'lgan insongina yaxshi yoki yomon ma'lumotning mohiyatiga etib, ularga qarshi kuch topa oladi.
Biz zamon bilan ham nafas bo'lishga chaqirgan holda, vertual olamning eng to'g'ri yo'llari va kerakli malumotlaridan to'laqonli foydalanish va ularni unumli sarflash tarafdorimiz illo vaqt oz ilm esa juda ko'p.
Akramov Kozimxon
Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi.
Davlatimiz Rahbari tomonidan har jabhada olib borilayotgan yangilanish va islohotlarga hamohang tarzda Diniy idora tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jami 700 nafar pedagog va soha mutaxassisi, jumladan, 300 nafar ishtirokchi bevosita anjuman zalida, 400 nafar ishtirokchi esa hududlardan videoselektor orqali qatnashadi.
Anjumandan ko‘zlangan maqsad sohadagi istiqbolli rejalarni muhokama qilish, diniy ta’limda pedagogik va kasbiy mahoratni oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish hamda diniy ta’limni yangi bosqichga olib chiqishdir.
Dastur doirasida soha rahbarlari ishtirokida tahliliy ma’ruzalar, taniqli professorlar tomonidan mahorat darslari, ilmiy-metodik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishib, Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati