“Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ga muhabbat” kitobi qayta yangi ko’rinishda nashr qilindi!
Ushbu kitob Rasululloh, sollallohu alayhi va sallamning siyrat va sunnatlarini yodga solib turuvchi eslatma sifatidagi qoʻllanma boʻlib hizmat qiladi. Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qilgan:
"Eslating! Zero, eslatma moʻminlarga manfaat yetkazur" (Zoriyot surasi, 55-oyat).
Muqovasi —yumshoq;
Sahifalar soni — 176 bet;
Narxi —24.000 so’m
O'zbekiston bo’ylab yetkazib berish hizmati mavjud.
Bog’lanish uchun:
@Marifatuyi_admin
Ma’rifat uyi-2 | Rasmiy kanali



Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi «Oq masjid» jome masjidining yangi binosi poydevoriga ilk g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xayrli tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov, tuman imom-xatiblari, mahalla faollari va ko‘p sonli namozxonlar ishtirok etdi.
Yig‘ilganlar mazkur ezgu tashabbusning bardavom bo‘lishini, qurilish ishlarining ko‘ngildagidek, bexatar va tez fursatlarda yakunlanishini tilab, Alloh taolodan xayr-baraka so‘rab duolar qildilar.
Ta’kidlanganidek, yangi bino qad rostlashi natijasida hudud aholisi va masjid qavmi uchun yanada keng, qulay va zamonaviy sharoitlar yaratiladi.
Shuningdek, masjid qurilishiga xolis hissa qo‘shayotgan barcha saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamda quruvchi-mutaxassislar haqqiga ezgu duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati