Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Oktabr, 2026   |   17 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:30
Quyosh
06:49
Peshin
12:12
Asr
15:42
Shom
17:27
Xufton
18:41
Bismillah
28 Oktabr, 2026, 17 Jumadul avval, 1448

YANGILIK!

20.12.2023   2209   1 min.
YANGILIK!

“Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ga muhabbat” kitobi qayta yangi ko’rinishda nashr qilindi!

Ushbu kitob Rasululloh, sollallohu alayhi va sallamning siyrat va sunnatlarini yodga solib turuvchi eslatma sifatidagi qoʻllanma boʻlib hizmat qiladi. Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qilgan:

"Eslating! Zero, eslatma moʻminlarga manfaat yetkazur" (Zoriyot surasi, 55-oyat).

Muqovasi —yumshoq;

Sahifalar soni — 176 bet;

Narxi —24.000 so’m

 O'zbekiston bo’ylab yetkazib berish hizmati mavjud.

Bog’lanish uchun:

@Marifatuyi_admin     

Ma’rifat uyi-2 | Rasmiy kanali

https://telegram.me/Muxlisuz

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   141785   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati