Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Talabalar O'zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi

20.12.2023   5351   3 min.
Talabalar O'zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi

Toshkent islom institutida “Dekabr' – Islom va hozirgi zamon” fan oyligi munosabati bilan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotseti O.Tangirov 305-guruh talabalari uchun “Ilmiy tadqiqot metadalogiyasi” fanidan Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga ekskursiya tashkil qildi.

Milliy kutubxonaning tashkil qilinishi uzoq tarixga ega. Unga 1870 yil may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida asos solingan.

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi Markaziy Osiyodagi eng yirik kutubxona va ilmiy-metodik markazlardan biri hisoblanadi. Kutubxona fondini tashkil qilishda Halq maorifi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ommaviy kutubxona, Geografiya jamiyati hamkorlik ko'rsatib, o'z fondlaridan adabiyotlar sovg'a qilishgan va bir vaqtning o'zida 2 200 tomdan (120 nomdagi) ortiq kitob yig'ilib, kutubxona fondi yaratilgan.

Kutubxona Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik va qadimgi kitob saqlash maskanlaridan biri bo'lib, 28 nomdagi turli noan'anaviy xizmatlarni ko'rsatadi.

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi axborot va madaniy-ma'rifiy muassasa bo'lib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik va axborot faoliyatini olib boradi. Kutubxona fondi mazmunan universal milliy va xorijiy matbuotning noyob to'plamidir. Kutubxona faoliyatining bosh maqsadi, butun insoniyat bilimini aks ettirgan, avvalo, O'zbekistonga va uning milliy manfaatlariga taalluqli hujjatlarning universal fondini yig'ish, saqlash hamda jamiyat foydalanishi uchun taqdim etishdir.

Noyob va nodir nashrlar fondi kutubxona kitob kollektsiyasining faxridir, u 250 mingdan ortiq nashrdan iborat. Ularning 15 mingdan ortig'i nodir kitoblar hamda qo'lyozmalardir. Kutubxonaning o'ta noyob to'plamida O'rta Osiyoning 1917 yilgacha bo'lgan tarixi, etnografiyasi, madaniyati va geografiyasiga oid o'ziga xos entsiklopediya bo'lgan 594 tomlik noyob «Turkiston to'plami» hamda A.P.Kun tuzgan 4 qismdan iborat 10 tomlik 1200 noyob fotosuratlarni o'z ichiga olgan Turkiston o'lkasi aholisining turmush tarzi, urf-odatlari to'g'risidagi «Turkiston al'bomi» alohida o'rin egallaydi.

Horijiy tillardagi adabiyotlar fondi 75 dan ziyod tillardagi ijtimoiy-siyosiy, gumanitar, tabiiy-ilmiy va texnika masalalariga oid nashrlar bo'lib, bugungi kunda 350 mingdan ortiq nusxani tashkil etadi.

Kutubxona ko'plab xalqaro tashkilotlar va jamg'armalar bilan, shuningdek, O'zbekistonda akkreditatsiya qilingan chet mamlakatlarning elchixonalari bilan mustahkam ijodiy aloqalar o'rnatgan bo'lib, madaniyati, diniy qarashlari va tarixiy ildizlari turlicha bo'lgan xalqlarning yaqinlashishiga o'zining hissasini qo'shmoqda.

Hozirgi kunda kutubxona fondi jahonning 75 tillaridagi deyarli 10 mln. nusxaga etgan. Kutubxona respublikamizdagi barcha kutubxonalarga kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohalari bo'yicha metodik rahbarlik qiladi.

Murod Mavlyankulov,
Toshkent islom instituti
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi
kabinet mudiri

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   16237   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari