Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Avgust, 2026   |   10 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:15
Quyosh
05:40
Peshin
12:26
Asr
17:12
Shom
19:15
Xufton
20:36
Bismillah
23 Avgust, 2026, 10 Rabi`ul avval, 1448

Shayton chorlab turgan yo'llar

06.06.2022   1715   2 min.
Shayton chorlab turgan yo'llar

Inson bir manzildan ikkinchi manzilga bormoqchi bo'lar ekan, albatta, u yo'l tanlaydi. Bir manzildan ikkinchi manzilga borishda yo'llar ko'p bo'lishi mumkin. Ba'zi bir yo'l ko'zlangan manzilga to'g'ridan to'g'ri borsa, ba'zi bir yo'llar esa egri, qing'ir-qiyshiq yo'llardan iborat bo'ladi.

Mo'min-musulmon ham bu dunyoda ham yaxshilik, oxiratda ham yaxshilik keltiradigan yo'lni tanlaydi. Mo'min-musulmon yuradigan yo'l do'zaxga olib bormaydigan, Allohning roziligini topib, jannatga eltadigan yo'l bo'lishi zarur.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam O'z davrlarida biz mo'min-musulmonlarga “Allohning to'g'ri yo'lini ko'rsatib berganlar. Bu haqda Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo'llari bilan bir chiziqni chizdilar va: “Bu – Allohning to'g'ri yo'li”, – dedilar. Chiziqning o'ng va chap tomonidan yana (chiziqlar chizib): “Bu yo'llar shunday yo'llarki, har birida shu yo'llarga chorlaguvchi shayton turadi”, dedilar. So'ng “Albatta, bu Mening to'g'ri yo'limdurki,unga ergashing va (turli boshqa) yo'llarga ergashmangki, sizlarni Uning yo'lidan bo'lib yuborur” oyatini o'qidilar (Imom Ahmad rivoyati).

Hozirgi kundagi musulmonlarning turli xil ixtilof qilishlari, bir-birlarini kufrda ayblashlari, fitna-fasod tarqatishlari Shayton chorlab turgan yo'llardir. Shayton chorlab turadigan yo'llardan ehtiyot bo'lib, Alloh taoloning haq yo'lida harakat qilishimiz lozim.

Alloh taolo barchamizni Shayton chorlab turgan yo'llardan saqlanib, O'zining to'g'ri yo'lida bardavom qilsin!

 

R, Akbarov,

O'MIning Qashqadaryo viloyatidagi vakilligi xodimi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

18.08.2026   23865   1 min.
Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.

 

Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.

 

Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi
O'zbekiston yangiliklari