Ibn Taymiya quyidagi gapni qanday asos bilan aytgan ekan: "Agar, cheksiz azob mavjud deb faraz qilinsa, u holda (Allohning) rahmati yo'q ekan, degan xulosa chiqadi.", Ibn Taymiyaning fikricha, Allohning rahmati qachonki, adashgan kofirlarni ham qamrab olsagina mavjud bo'ladi ekan! Shuning o'zi Ibn Taymiya va unga ergashganlarning, bu xatarli masalada, to'g'ri yo'ldan yiroqlashib ketganiga eng katta dalillardan emasmi ?! Ey Allohim o'zing kechir! (Raf'u-l-astor li ibtoli adillati-l-qoiliyna bifano'in nor.
Bu iboralarni mulohaza qilib ko'rgan har bir aqlli inson hayratdan yoqa ushlamasdan iloji yo'q. Chunki, "Salafiy" oqimining barcha a'zolari Ibn Taymiyani "salafiychilik"ning asoschilaridan biri, deb tan oladi. Nosir Alboniyni esa bu yo'lning davomchilaridan, deb boshlariga ko'taradilar. Nosir Alboniy bu masalada ahli sunna val-jamo'aga muvofiq bo'lgan bo'lsa, Ibn Taymiya muxolif bo'lgan.
Tabiiy savol tug'iladi: do'zaxning boqiyo yo foniy ekanida ikki salafiy rahnamodan qay biri haq? Bilamizki bu masala usulidin masalalaridan bo'lib unda faqatgina bir xil qarashga yo'l bor, ikkinchi fikr egasi aniq zalolatda bo'ladi. bu erda Ibn Taymiya zalolatdami yoki Nosir Alboniy adashganmi?
Islom ummatini birdamlikka, asl salaflar yo'liga da'vat qilayotgan "salafiy"chilik targ'ibotchilari bu haqda nima der ekanlar?! Ularning o'zlari ulug' bobokalonlari Ibn Taymiyaning bu e'tiqodidan xabarlari bormi ekan?! Nahotki salaflar, deb ta'rif berilmish sahoba va tobe'inlar orasida shunaqangi ziddiyatlar mavjud bo'lgan bo'lsa?! Salafiylar qayoqqa ketmoqdasiz?! Ummatni qayoqqa etayelamoqdasiz
Tolibxon Sharipov
Mustaqillikning 35 yillik bayrami munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab 22–23 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilyapti.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi rahbariyati tashabbusi bilan 22 avgust kuni poytaxtimizdagi barcha masjidlarda masjid xodimlari bilan birgalikda jome hovlisi, xonaqoh, ko‘chalar, yo‘laklar tartibga keltirilmoqda, daraxtlarga ishlov berilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati