Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2026   |   11 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:25
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:34
Bismillah
24 Avgust, 2026, 11 Rabi`ul avval, 1448

Zalolat ahlining yuzi qorayadi

01.06.2022   1370   2 min.
Zalolat ahlining yuzi qorayadi

Bu dunyoda inson yashar ekan doimo yuzi yorug' bo'lishiga intiladi. Ayniqsa, insonning yuzi qiyomat kuni Allohning huzurida yorug' bo'lishi juda ham muhim. Mo'min-musulmon har doim duosida “Ey Alloh, ikki dunyoda yuzimni yorug' qil” deb duo qiladi va shunga muvofiq harakat qiladi.

Insonning dinda bid'at ishlarni qilishi uni zalolatga etaklaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Sizlar mening va to'g'ri yo'lda yuruvchi, hidoyat topgan xulafolarimning yo'lini tutib, uni oziq tishlaringiz bilan tishlagandek mahkam ushlanglar. Dinga yangiliklar kiritishdan saqlaninglar, albatta, har qanday bid'at – zalolatdir" – deganlar (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyati).

Islom dinida tafriqalarni yuzaga keltirish, turli xil oqimlarga bo'linish, tarafkashlik qilish kabi ishlar zalolatga olib boruvchi bid'atlardir.

Zalolat esa qiyomat kuni insonning yuzini qora bo'lishiga sababchi bo'ladi.  Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ba'zi yuzlar yorug' va ba'zi yuzlar qorayadigan Kun (qiyomat)ni eslang..." (Oli Imron surasi, 106-oyat), degan oyatni: "Ahli sunna val-jamoat"ning yuzi yorug' bo'ladi, ahli bid'at va zalolatning yuzi qorayadi" - deb tafsir qilganlar (Imom Molik, Imom Daylamiy rivoyati).

Alloh taolo barchamizni turli xil zalolatlardan asrab, O'zining haq yo'lida bardavom qilsin!

 

R. Akbarov,

Qashqadaryo viloyatdagi vakillik xodimi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

22.08.2026   40717   1 min.
Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, ordenlar va medallar bilan mukofotlandilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Kamilov Muzaffar Muratovich "Do‘stlik" ordeni bilan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Abduxalikov Firdavs Fridunovich «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, mazkur akademiyaning "Arab tili va adabiyoti al-Azhar" kafedrasi professori Islomov Zohidjon Mahmudovich «Imom Buxoriy» ordeni bilan va akademiya huzuridagi "Ziyo" media markazi direktori Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi doimiy hamkor tashkilotlarimiz rahbarlari va ustozlarni mazkur yuksak mukofotlar bilan muborakbod etib, Alloh taolodan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va muborak dinimiz rivoji yo‘lidagi faoliyatlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari