Mazhabsizlik – shariatimizga tahdid soladigan xatarli bid'at. Bu borada so'z yuritar ekanmiz, avvalo, “mazhab” so'zining ma'nosini aniqlashtirib olmog'imiz zarur. “Mazhab” so'zi arab tilidagi “zahaba” fe'lidan olingan bo'lib, o'zbekchada “yo'l” degan ma'noni ifoda etadi. Istilohda esa to'rtta fiqhiy mazhab imomlarining yo'llaridir. Bu o'rinda shuni ta'kidlab o'tish joizki, bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,3 milliard musulmon aholisining 92,5 foizini sunniylar tashkil etadi. Ular mazhablar bo'yicha quyidagi nisbatda bo'linadilar: Hanafiylar 47 foiz, shofe'iylar 21 foiz, molikiylar 17 foiz, hanbaliylar 7,5 foiz[1].
Bu to'rt mazhab o'rtasida katta farqlar ko'zga tashlanmaydi. Juda ko'p masalalarda bir xillik mavjud. O'rtalarida faqat juz'iy ixtiloflar mavjud.
Demak, fiqhiy mazhablarning vujudga kelish tarixini o'rganar ekanmiz, hozirgi kundagi ba'zi mazhabsizlarning yoki soxta “salafiylar”ning: “Mazhabga ergashish bid'at”, “Imomga ergashish sunnatdan yuz o'girishdir” kabi da'volari puch ekanini ko'ramiz. Aksincha fiqhiy mazhablarning tarixiy ildizi buyuk sahobalar va ulug' tobeinlar asos solgan yo'l ekaniga guvoh bo'lamiz.
Nabiy alayhissalomning sahobalari ilmda bir-biridan farq qilgan. Ba'zilar Abdulloh ibn Abbosni, iroqliklar Ibn Mas'udni, hijozliklar Abdulloh ibn Umarni roziyallohu anhum o'zlariga o'rnak qilib, ularning ko'rsatmalariga rioya etib yashashgan. Ahli ilmlardan hech kim ularning bu ishini qoralagani yoki bir shaxsga taqlid qilganni gunohkorga chiqarganlarini bilmaymiz[2].
Demak, bugungi kunimizda ham omi xalq, shuningdek, istinbot va ijtihod qilish darajasiga etmagan olimlar uchun biror mujtahidga taqlid qilish, bilmaganlarini so'rashdan boshqa chora yo'q. Zero, Alloh taolo bunday buyurgan: “Agar bilmaydigan bo'lsangiz ahli zikrlardan so'rangiz”[3].
Hanafiylik - mutadil mazxab Sunniylik dune musulmonlarning asosiy kismi e'tikod kiladigan yunalish bulib , unda ikkita akidaviy
- ash'ariylik va moturidiylik xamda turtta fikxiy
-xanafiylik , shofiylik ,molikiylik va xanbaliylik mazxablari mavjud .
Sunniylikdagi eng keng tarkalgan va akidaviy jixatdan bagrikenglikka moyil mazxab xanafiylikdir .
Allox taolo barchamizni uzi tugri yuldan adashtirmasin. Hoxirgi kunga kelib, o'zlarini mazxablarni yangilovchi deb bilib, xaq mazhablarni bekorga chiqaradigan uzini "muxaddis "lar barchani gumroh qiluvchilardir deydi. Masalan, ular hanafiy mazhabidagi yoki shofe'iy mazhabidagi qaysidir masalani "Sihoxi sitta "dan topmasa, "Imom Abu Hanifa yoki imom Shofe'iy bu masalani hadisga xilof ravishda aytgan" , deydilar. Hadis fani "Sixoxi sitta" bilan chegaralanib kolmaganini tushinishni xam istamaydilar Holbuki.xadis kitoblari bexisob va be'adaddir "Sixoxi sitta" ga suyanilmagan bulsa, Uning asli boshka xech bir kitobda yukligini bildirmaydi. Valloxu a'lam bissavob va indaxu ilmul Kitob!
Ma'rufxon Aloxodjayev
[1] A.Tulepov. Islom va aqidaparsat oqimlar. 35-bet, Toshkent: “Sharq” , 2014 y.
[2] Muhammad Sa'id Ramazon Butiy. Al-la mazhabiyya axtoru bid'atin tuhaddidu shari'atal islamiya. 107-bet. Damashq. Darul fikr. 1985-yil
[3] Nahl surasi, 43-oyat.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etilgan «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» mavzusidagi I ilmiy-amaliy anjumani doirasida sohada alohida o‘rnak ko‘rsatgan ustozlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan har jabhada amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida ilm-fanni taraqqiy ettirish, ajdodlar merosini o‘rganish, diniy ta’limni rivojlantirish va sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibordan mamnunlik kayfiyati hukm surdi.
Diniy idora tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida samarali faoliyat yuritib, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, soha rivojiga munosib hissa qo‘shish hamda dinimizning sofligini asrash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh pedagog va mudarrislar mehnati munosib e’tirof etildi.
Tadbir davomida sohadagi fidokorona va samarali mehnatlari uchun quyidagi ustoz va pedagoglar Faxriy yorliq hamda Umra yo‘llanmalari bilan mukofotlandi:
Shuningdek, anjuman doirasida diniy ta’lim tizimida namunali rahbarlik qilgan, fidokorona pedagogik va ilmiy-faoliyat olib borgan,ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, to‘garaklarni samarali tashkil etishdagi alohida xizmatlari uchun yana 15 nafar rahbar va o‘qituvchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari — televizor, noutbuk va planshetlar bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi taqdirlangan barcha ustoz va xodimlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati