Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Sentabr, 2026   |   6 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:45
Quyosh
06:05
Peshin
12:18
Asr
16:40
Shom
18:33
Xufton
19:49
Bismillah
17 Sentabr, 2026, 6 Rabi`us soni, 1448

Bemazhablikdan saqlanaylik

30.05.2022   3181   4 min.
Bemazhablikdan saqlanaylik

Mazhabsizlik – shariatimizga tahdid soladigan xatarli bid'at. Bu borada so'z yuritar ekanmiz, avvalo, “mazhab” so'zining ma'nosini aniqlashtirib  olmog'imiz zarur. “Mazhab” so'zi arab tilidagi “zahaba” fe'lidan olingan bo'lib, o'zbekchada “yo'l” degan ma'noni ifoda etadi. Istilohda esa to'rtta fiqhiy mazhab imomlarining yo'llaridir. Bu o'rinda shuni ta'kidlab o'tish joizki, bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,3 milliard musulmon aholisining 92,5 foizini sunniylar tashkil etadi. Ular mazhablar bo'yicha quyidagi nisbatda bo'linadilar: Hanafiylar 47 foiz, shofe'iylar 21 foiz, molikiylar 17 foiz, hanbaliylar 7,5 foiz[1].

Bu to'rt mazhab o'rtasida katta farqlar ko'zga tashlanmaydi. Juda ko'p masalalarda bir xillik mavjud. O'rtalarida faqat juz'iy ixtiloflar mavjud.

Demak, fiqhiy mazhablarning vujudga kelish tarixini o'rganar ekanmiz, hozirgi kundagi ba'zi mazhabsizlarning yoki soxta “salafiylar”ning: “Mazhabga ergashish bid'at”, “Imomga ergashish sunnatdan yuz o'girishdir” kabi da'volari puch ekanini ko'ramiz. Aksincha fiqhiy mazhablarning tarixiy ildizi buyuk sahobalar va ulug' tobeinlar asos solgan yo'l ekaniga guvoh bo'lamiz.

Nabiy alayhissalomning sahobalari ilmda bir-biridan farq qilgan. Ba'zilar Abdulloh ibn Abbosni, iroqliklar Ibn Mas'udni, hijozliklar Abdulloh ibn Umarni roziyallohu anhum o'zlariga o'rnak qilib, ularning ko'rsatmalariga rioya etib yashashgan. Ahli ilmlardan hech kim ularning bu ishini qoralagani yoki bir shaxsga taqlid qilganni gunohkorga chiqarganlarini bilmaymiz[2].

Demak, bugungi kunimizda ham omi xalq, shuningdek, istinbot va ijtihod qilish darajasiga etmagan olimlar uchun biror mujtahidga taqlid qilish, bilmaganlarini so'rashdan boshqa chora yo'q. Zero, Alloh taolo bunday buyurgan: “Agar bilmaydigan bo'lsangiz ahli zikrlardan so'rangiz”[3]. 

Hanafiylik - mutadil mazxab Sunniylik dune musulmonlarning  asosiy kismi e'tikod kiladigan yunalish bulib , unda ikkita akidaviy

- ash'ariylik  va moturidiylik xamda turtta fikxiy

-xanafiylik , shofiylik ,molikiylik va xanbaliylik mazxablari mavjud .

Sunniylikdagi eng keng tarkalgan va akidaviy jixatdan bagrikenglikka moyil mazxab  xanafiylikdir .

Allox taolo barchamizni uzi tugri yuldan adashtirmasin. Hoxirgi kunga kelib, o'zlarini mazxablarni yangilovchi deb bilib, xaq mazhablarni bekorga chiqaradigan uzini "muxaddis "lar barchani gumroh qiluvchilardir deydi. Masalan, ular hanafiy mazhabidagi yoki shofe'iy mazhabidagi qaysidir masalani "Sihoxi sitta "dan topmasa, "Imom Abu Hanifa yoki imom Shofe'iy bu masalani hadisga xilof ravishda  aytgan" , deydilar. Hadis fani "Sixoxi sitta" bilan chegaralanib kolmaganini tushinishni xam istamaydilar Holbuki.xadis kitoblari  bexisob va be'adaddir  "Sixoxi sitta" ga suyanilmagan bulsa, Uning asli boshka xech bir kitobda yukligini   bildirmaydi. Valloxu a'lam bissavob va indaxu ilmul Kitob!

 

Ma'rufxon Aloxodjayev

 

[1] A.Tulepov. Islom va aqidaparsat oqimlar. 35-bet, Toshkent: “Sharq” , 2014 y.

 

[2] Muhammad Sa'id Ramazon Butiy. Al-la mazhabiyya axtoru bid'atin tuhaddidu shari'atal islamiya. 107-bet. Damashq. Darul fikr. 1985-yil

[3] Nahl surasi, 43-oyat.

 

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

04.09.2026   47609   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar "Jome" jome masjidi imom noibi Nuriddin domla Hoshimovning padari buzrukvorlari Xolbek ota Hoshimovning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Nuriddin domla Hoshimovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Janoza namozi bugun soat 18:00 da Sirdaryo viloyati Xovos tumani Gulbahor MFY Qayirma qishlog‘ida o‘z xonadonida ado etiladi.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari