Ibn Taymiyaning qarashlari o'z davrida fitnalarga sabab bo'lishiga qaramasdan unga ergashuvchilarning son-sanoqsiz bo'lgan. Uning tarafdorlari asosan savodsiz -badaviylar tashkil qilsada, ular orasida tuppa-tuzuk ziyolilar, olimlar ham yo'q emasdi.
Buning sababi Ibn taymiya kuchli taqvo va o'tkir ilm bilan tanilgan hanbaliy mazhabiga mansub namunali oilada o'sib unadi. Otasi va bobosi zamonasining mashhur faqihlaridan, deb tan olinardi. ibn Taymiya muxolafatchilik harakatlarini asosan qirq yoshga yaqinlashganda boshlagan. Ungacha esa, u o'z davrining etuk hanbaliy mazhabiga mansub faqihlaridan biri, deb atrofga tanilib bo'lgan va bir necha foydali diniy asarlarini yozishga ham ulgurgan edi.
Uning ilmiy mansab-mavqei va shuhrati shu darajaga etgan ediki, u tomondan aytilgan har bir fikr uning ixlosmandlari tarafdan so'ssiz qabul qilinar, dalili surishtirilmas edi. Uning ana shu shuhrati keyingi xilofli fikrlarini atrofga yoyilishiga omil bo'ldi, musulmonlar jamo'atiga qarshi fikrlarini bezab, ziynatlab qo'ydi. Natijada uning adashuvini ko'pchilik payqamay qoldi. Uning yangicha fatvolari muxlislari tomondan bosh ustiga qabul etilar va alaloqibat uni “mujaddid” (dinni yangilovchi), “shayxul-islom”, degan “sharafli” laqablar bilan atay boshladilar. Aslida esa, Ibn Taymiya mujaddid ham, mujtahid ham, asl salafiy ham bo'lmagan! Uning keyingi paydo qilgan “SALAFIYLIK” mazhabi hech qanday salafi-solihlarning yo'liga mos kelmagan! Balki, musulmonlar jamo'asidan ajrab chiqqan adashuvdagi bir kichik oqim bo'lgan xolos!
Hozirgi davrimizda ham internet tarmoqlarida Salafiylikni targ'ib qilayotgan ayrim ( Abdullo Zufar, Yusuf Davron va o'zo'ini man hanafiy man deb soxta salafiylikni targ'ib qilayotgan Sodiq Samarqandiylar) mazhabga ergashish shart emas deb o'zlari soxta mazhabda ekanliklarini anglamasa. Haqiyqi salaf egalari to'rt mazhabboshilarimizdir. Ularni tuzgan yo'llari ( mazhablari) da yurish haqiyqi salafi solihlarga ergashishlikdir. Mazhabboshilarimizga tosh otish haqiyqi uch oltin davrda yashab o'tgan salafi solihlarga tosh otishdan boshqa narsa emas.
Bahodir Botirov
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyati vakilligida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirni viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Uchrashuvda davlatimiz Rahbarining tegishli Farmoni bilan bir guruh diniy soha xodimlari «Imom Buxoriy» ordeni bilan taqdirlangani yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va tarixiy voqea ekani alohida e’tirof etildi.
Yig‘ilishda «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ezgu shiori ostida vohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyat sarhisob qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida imom-xatiblarga quyidagi ustuvor vazifalar yuklatildi:
Ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan va yakka-yolg‘iz keksalar holidan muntazam xabar olish;
Oilalar totuvligini mustahkamlash va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;
Masjidlar, qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda tozalik tadbirlarida faollik ko‘rsatish.
Yig‘ilish yakunida diniy soha xodimlarining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati