Imom Burhoniddin Marg'inoniy rohimahulloh «Bayoni e'tiqodi ahli sunnat val jamoat» kitobining forscha nusxasining muqaddimasida aytadilar:
«Imom Najmiddin Nasafiy rohimahulloh ushbu aqiyda kitobini Sulton Ahmad Sanjar ibn Malikshoh Samarqandga ziyorat tashrifini qilganida yozganlar. Sulton Ahmad Sanjar Siston shahri amiridan Samarqand imomlarining rasmiy aqiydasi haqida so'raydi. (Shoyadki, sulton Siston shahrida Karromiya toifasi paydo bo'lgani uchun so'ragan bo'lsa kerak). So'ng Najmiddin Nasafiy rohimahullohdan kitob yozishlarini so'rashadi. So'ng ushbu kitobga Sayyid Nosiriddin Samarqandiy al-Hasaniy, Imom Alouddin Asmandiy va boshqa ulamolar tasdiqlab, imzo qo'yishadi».
«Bayoni e'tiqodi ahli sunnat val jamoat» (fors tilidagi) asaridan 6-bet
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati