Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Avgust, 2026   |   10 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:15
Quyosh
05:40
Peshin
12:26
Asr
17:12
Shom
19:15
Xufton
20:36
Bismillah
23 Avgust, 2026, 10 Rabi`ul avval, 1448

Shayton chorlab turgan yo'llar

27.04.2022   1301   2 min.
Shayton chorlab turgan yo'llar

Inson bir manzildan ikkinchi manzilga bormoqchi bo'lar ekan, albatta, u yo'l tanlaydi. Bir manzildan ikkinchi manzilga borishda yo'llar ko'p bo'lishi mumkin. Ba'zi bir yo'l ko'zlangan manzilga to'g'ridan to'g'ri borsa, ba'zi bir yo'llar esa egri, qing'ir-qiyshiq yo'llardan iborat bo'ladi.

Mo'min-musulmon ham bu dunyoda ham yaxshilik, oxiratda ham yaxshilik keltiradigan yo'lni tanlaydi. Mo'min-musulmon yuradigan yo'l do'zaxga olib bormaydigan, Allohning roziligini topib, jannatga eltadigan yo'l bo'lishi zarur.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam O'z davrlarida biz mo'min-musulmonlarga “Allohning to'g'ri yo'lini ko'rsatib berganlar. Bu haqda Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo'llari bilan bir chiziqni chizdilar va: “Bu – Allohning to'g'ri yo'li”, – dedilar. Chiziqning o'ng va chap tomonidan yana (chiziqlar chizib): “Bu yo'llar shunday yo'llarki, har birida shu yo'llarga chorlaguvchi shayton turadi”, dedilar. So'ng “Albatta, bu Mening to'g'ri yo'limdurki,unga ergashing va (turli boshqa) yo'llarga ergashmangki, sizlarni Uning yo'lidan bo'lib yuborur” oyatini o'qidilar (Imom Ahmad rivoyati).

Hozirgi kundagi musulmonlarning turli xil ixtilof qilishlari, bir-birlarini kufrda ayblashlari, fitna-fasod tarqatishlari Shayton chorlab turgan yo'llardir. Shayton chorlab turadigan yo'llardan ehtiyot bo'lib, Alloh taoloning haq yo'lida harakat qilishimiz lozim.

Alloh taolo barchamizni Shayton chorlab turgan yo'llardan saqlanib, O'zining to'g'ri yo'lida bardavom qilsin!

 

R, Akbarov,

O'MIning Qashqadaryo viloyatdagi vakillik xodimi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

19.08.2026   28322   1 min.
Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

Ularga maktab kiyimlari, poyabzal va ryukzaklar bepul berildi.

Xayriya aksiyasi Toshko‘prik masjidi imomi Doniyor Matlabov tashabbusi bilan o‘tkazildi, xabar bermoqda «Samarkandskiy vestnik» nashri.

Masjid ahli va homiylar ko‘magida 35 ta ehtiyojmand oila farzandlari uchun yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zarur narsalar xarid qilindi. Sovg‘alar maktab o‘quvchilariga topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari