“Bas, Allohdan qo'rqinglar, xaqni botilga aralashtirmanglar. O'zingizning buzuq fikringiz va kuchsiz faxmingiz bilan musulmonlarni kofirlarga qiyos qilmanglar”. Yo'lingizni botil ekaniga Abu Hurayra roziyallohu anhuning Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan quyidagi xadisi dalolat qiladi: “Kufrning boshi mashriq tarafdandir”.“Hozirgi zamonda, ko'rinishidan yangi, asosiy qoidalari esa qadimiy bo'lgan firqa zohir bo'ldi.
U firqaning a'zolari Ibni Taymiyadan boshqa birorta bir ulamolarga e'tibor qaratmaydilar. Ibn Taymiyaning so'zlarini muqaddas deb biladilar. Va yana ular to'rt mo''tabar mazhablarning (hanafiy, shofe'iy, molikiy, hanbaliy) birortasiga hamda e'tiqodi xaq bo'lgan to'g'riliklari bilan tanilgan ulamolardan birortasiga muqallid (taqlid qiluvchi) emasliklarini, aksincha mustaqil ekanlarini iddao qiladilar. Ular amalda buyuk ulamolarning xech biriga ergashmaydilar
“Bular mana shu asrga kelib zohir bo'lib, keng tarqaldilar. Saqolni uzun o'stirish, oq uzun ko'ylaklar kiyish, yonlarida misvok ko'tarib yurish kabi ishlari bilan odamlarni chalg'itdilar. Bu narsalar, odamlar ularni ilm va taqvo ahllari deb o'ylashlariga sabab bo'ldi. Aslida esa, bular unday emaslar, balki ular ilmsiz va buzg'unchi kishilardir. Ilmsizliklari ham mutlaq johillik (jahl murakkab)dir. Ular xech narsani bilmaydilar, lekin bilamiz deb o'ylaydilar. O'zlarini “salafiylar” deb atayotgan bu odamlar, o'tmishdagi salaf (solih)larga xech qanday aloqasi yo'qdir. Ular o'sha solihlarimizga salaflar (ergashuvchilar) emas, balki xashaviylar, karromiylar va johil yahudiylarning salaflaridir.
Sharipov Tolibjon
O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Qur’on tinchlikka buyuradi» shiori ostida Samarqand shahridagi "Obi Rahmat" jome masjidida Qur’on musobaqasi tashkil etildi. Qur’oni karimga bo‘lgan muhabbatni yuksaltirish, qiroat va tajvid ilmlarini keng targ‘ib etish hamda jamiyatda tinchlik va osoyishtalik g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ushbu xayrli tadbirning saralash bosqichlaridan o‘tgan ishtirokchilar «Hifz» va «Mujavvid» yo‘nalishlari bo‘yicha bellashdi.
G‘olib va sovrindorlar:
«Hifz» yo‘nalishi:
1-o‘rin: Asqar Tursunov (Samarqand shahri, «Muhammadamin ota» masjidi imom-noibi);
2-o‘rin: Abduvakil Olimov (Urgut tumani, «G‘avsul A’zam» masjidi imom-xatibi);
3-o‘rin: Shavkat Mahmudov (Narpay tumani, «So‘fi Ziyrak» masjidi imom-xatibi).
«Mujavvid» yo‘nalishi:
1-o‘rin: Zikrullo Matlabov (Samarqand shahri, «Xo‘ja Abdu Darun» masjidi imom-noibi);
2-o‘rin: Burxoniddin Tursunov (Nurobod tumani, «Jom ota» masjidi imom-xatibi);
3-o‘rin: Isomiddin Isayev (Paxtachi tumani, «Xo‘ja Ziyovuddin» masjidi imom-xatibi).
Qo‘shimcha nominatsiyalar:
«Eng ta’sirchan tilovat»: O‘tkir Abdullayev (Pastdarg‘om tumani);
«Eng go‘zal tilovat»: Sardorxon Sobirov (Samarqand tumani);
«Tajvid qoidalariga eng mukammal rioya qilgan ishtirokchi»: Yusufxon Nizomov (Samarqand shahri).
Tadbir yakunida g‘oliblarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligining diplomlari va «Vaqf» fondi filiali tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati