Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2026   |   5 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
18 Avgust, 2026, 5 Rabi`ul avval, 1448

Ahli sunna olimlarining vahhobiylar haqidagi so'zlari

27.04.2022   1845   1 min.
Ahli sunna olimlarining vahhobiylar haqidagi so'zlari

Bas, Allohdan qo'rqinglar, xaqni botilga aralashtirmanglar. O'zingizning buzuq fikringiz va kuchsiz faxmingiz bilan musulmonlarni kofirlarga qiyos qilmanglar”. Yo'lingizni botil ekaniga Abu Hurayra roziyallohu anhuning Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan quyidagi xadisi dalolat qiladi: “Kufrning boshi mashriq tarafdandir”.“Hozirgi zamonda, ko'rinishidan yangi, asosiy qoidalari esa qadimiy bo'lgan firqa zohir bo'ldi.

U firqaning a'zolari Ibni Taymiyadan boshqa birorta bir ulamolarga e'tibor qaratmaydilar. Ibn Taymiyaning so'zlarini muqaddas deb biladilar. Va yana ular to'rt mo''tabar mazhablarning (hanafiy, shofe'iy, molikiy, hanbaliy) birortasiga hamda e'tiqodi xaq bo'lgan to'g'riliklari bilan tanilgan ulamolardan birortasiga muqallid (taqlid qiluvchi) emasliklarini, aksincha mustaqil ekanlarini iddao qiladilar. Ular amalda buyuk ulamolarning xech biriga ergashmaydilar
“Bular mana shu asrga kelib zohir bo'lib, keng tarqaldilar. Saqolni uzun o'stirish, oq uzun ko'ylaklar kiyish, yonlarida misvok ko'tarib yurish kabi ishlari bilan odamlarni chalg'itdilar. Bu narsalar, odamlar ularni ilm va taqvo ahllari deb o'ylashlariga sabab bo'ldi. Aslida esa, bular unday emaslar, balki ular ilmsiz va buzg'unchi kishilardir. Ilmsizliklari ham mutlaq johillik (jahl murakkab)dir. Ular xech narsani bilmaydilar, lekin bilamiz deb o'ylaydilar. O'zlarini “salafiylar” deb atayotgan bu odamlar, o'tmishdagi salaf (solih)larga xech qanday aloqasi yo'qdir. Ular o'sha solihlarimizga salaflar (ergashuvchilar) emas, balki xashaviylar, karromiylar va johil yahudiylarning salaflaridir.

Sharipov Tolibjon

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Erhan Afyonju: O‘zbekiston – turkiy sivilizatsiyaning eng go‘zal shaharlari joylashgan zamin

18.08.2026   24808   1 min.
Erhan Afyonju: O‘zbekiston – turkiy sivilizatsiyaning eng go‘zal shaharlari joylashgan zamin

Turkiyaning “CNN-Türk” telekanalida efirga uzatilgan “Tafakkur doirasi” dasturida so‘zga chiqqan taniqli olim, Milliy mudofaa universiteti rektori, professor Erhan Afyonju O‘zbekistonning boy tarixiy merosi va sayyohlik salohiyati haqida fikr yuritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ko‘rsatuvda qatnashgan turk tarixchisi Erhan Afyonju O‘zbekistonni turkiy sivilizatsiyaning eng go‘zal shaharlari joylashgan alohida geografik hudud sifatida ta’riflagan.

Olimning fikricha, juda ko‘pchilik sayyohlar O‘zbekistonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni istaydi. Chunki dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi shaharlar ana shu zaminda joylashgan.

Turk tarixchisi yoshlarga murojaat qilib, xorijga sayohat qilishni, avvalo, Turkiy dunyo mamlakatlarini kashf etish, ajdodlar yurti bilan yaqindan tanishishdan boshlash lozim ekanini ta’kidladi.

“Yoshlarga tavsiyam shuki, hozir xorijga sayohat qilmoqchi bo‘lsangiz, avvalo Turkiy zaminni aylaning. Masalan, O‘zbekistonga borib, tarixiy shaharlarni ko‘rib keling, ajdodlaringiz yurti bilan tanishing. So‘ng Saljuqiylar davlati barpo etilgan zaminlarni ko‘ring”, – dedi professor.

Erhan Afyonjuning ta’kidlashicha, bunday sayohatlar yoshlar uchun har tomonlama foydali va qiziqarli bo‘lib, ularning tarixiy xotirasi va dunyoqarashini boyitadi.

“Masalan, Samarqandning go‘zalligini dunyoning ko‘p joylarida topa olmaysiz. Ayniqsa, turk yoshlari o‘z ajdodlari yashagan zaminni borib ko‘rishlari lozim”, – dedi olim.

Professor O‘zbekistonni turkiy sivilizatsiyaning asosiy beshiklaridan biri, ilm-fan markazi sifatida ham alohida e’tirof etgan.

Shuningdek, turk tarixchisi O‘zbekistonning nafaqat tarixiy va madaniy, balki geografik jihatdan ham yashash uchun qulay hudud ekanini ta’kidlagan.

Dastur davomida professor bildirgan fikr-mulohazalar Turkiya jamoatchiligi orasida O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, boy madaniy merosi va turizm salohiyatiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari