O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati tomonidan “Ramazon haftaligi” rukni ostida muslim.uz saytida e'lon qilingan eng muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsilotini e'lon qilish joriy etildi.
Ushbu ruknda mamlakatimiz va dunyo islom olamida ro'y bergan Ramazon oyidagi muhim voqealarning qisqacha sharhi bilan tanishish mumkin. Ilk soni shu yil aprel' oyining 16-23 kunlarida bo'lib o'tgan eng dolzarb xabar va yangiliklarga bag'ishlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ochiq va samimiy muloqot tizimi fuqarolar murojaatlarini atroflicha o‘rganish hamda ularga tezkor yechim topishda muhim omil bo‘lmoqda.
Bugun, 26 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning taklif va murojaatlarini tingladi.
Yuzma-yuz muloqot jarayonida masjidlar holati va faoliyati, imom-xatiblar ishi, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish, oilaviy munosabatlarni tartibga solish hamda moddiy yordam ko‘rsatishga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi ochiq muloqot tadbirlari Diniy idoraning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarda har haftaning chorshanba kuni muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati