Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

Zalolat ahlining yuzi qorayadi

22.04.2022   1501   2 min.
Zalolat ahlining yuzi qorayadi

Bu dunyoda inson yashar ekan doimo yuzi yorug' bo'lishiga intiladi. Ayniqsa, insonning yuzi qiyomat kuni Allohning huzurida yorug' bo'lishi juda ham muhim. Mo'min-musulmon har doim duosida “Ey Alloh, ikki dunyoda yuzimni yorug' qil” deb duo qiladi va shunga muvofiq harakat qiladi.

Insonning dinda bid'at ishlarni qilishi uni zalolatga etaklaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Sizlar mening va to'g'ri yo'lda yuruvchi, hidoyat topgan xulafolarimning yo'lini tutib, uni oziq tishlaringiz bilan tishlagandek mahkam ushlanglar. Dinga yangiliklar kiritishdan saqlaninglar, albatta, har qanday bid'at – zalolatdir" – deganlar (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyati).

Islom dinida tafriqalarni yuzaga keltirish, turli xil oqimlarga bo'linish, tarafkashlik qilish kabi ishlar zalolatga olib boruvchi bid'atlardir.

Zalolat esa qiyomat kuni insonning yuzini qora bo'lishiga sababchi bo'ladi.  Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ba'zi yuzlar yorug' va ba'zi yuzlar qorayadigan Kun (qiyomat)ni eslang..." (Oli Imron surasi, 106-oyat), degan oyatni: "Ahli sunna val-jamoat"ning yuzi yorug' bo'ladi, ahli bid'at va zalolatning yuzi qorayadi" - deb tafsir qilganlar (Imom Molik, Imom Daylamiy rivoyati).

Alloh taolo barchamizni turli xil zalolatlardan asrab, O'zining haq yo'lida bardavom qilsin!

 

R. Akbarov,

Qashqadaryo viloyatdagi vakillik xodimi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

26.08.2026   27954   1 min.
Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda yurtimiz ozodaligiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 2500 nafardan ortiq obodonlashtirish xizmati xodimlariga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatdi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mashaqqatli va sharafli mehnati har doim ham ko‘zga ko‘rinavermaydigan soha xodimlarining mehnatini e’tirof etish, ularning qalbiga bayram shukuhi, xonadonlariga quvonch kiritishdir.

Inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar shu kunlarda yanada keng quloch yozib, mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan Respublikamiz bo‘ylab 3500 nafarga yaqin ana shunday fidoyi xodimlarning ko‘ngli xushnud etildi.

Bu kabi xayr-saxovatga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari o‘lkamizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari