Haliyam fitna qilishdan to'xtamadinglarmi? Allohga osiy bo'lishdan xali ham to'xtamadinglarmi?! Nahotki sizlar haliham to'ntaramiz, revolyutsiya qilamiz deb harakat qilib, o'zlaringcha to'planib yuripsizlar. Qachongacha o'zlaringni aldab yurasizlar. Odamlarni fikrini o'zlaringga jalb qilmoqchisizlar. Lekin barisi befoyda ekanini tushunib etmayapsizlar. Sizlar barilaringiz fitnachisizlar. Sizlar xuddi Usmon raziyallohu anhuni tushunmasdan u kishini shahid bo'lishiga sababchi bo'lgan to'rtta johil, aqidaparastsizlar. Yana Alloh taolo: «Va sizlardan faqat zulm qilganlarning o'zigagina etmaydigan fitnadan saqlaning. Va bilinki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir», degan.Ushbu oyati karimadagi «fitna» so'zi boshqa oyatlardagi kabi sinov va balo ma'nolarini anglatadi. Qaysi bir jamoada zolimlar zulm qilganda boshqalar qarab tursa, hamma–zulm qilganlar ham, qarab turganlar ham barobar baloga giriftor bo'ladilar.«Zulm» deganda bir shaxsning ikkinchi shaxsga tajovuz qilishigina anglanmaydi, balki bu so'zning ma'no qamrovi keng bo'lib, hamma nohaqliklar, gunohlar uning ichiga kiradi. Hususan, dinni tark etish, Allohning amriga yurmaslik, davlatda adolat o'rnataman deb turli krizislarni paydo bo'lishiga sabab bo'lish, normal holatda davom etayotgan turmushni buzib ag'dar-to'ntar qilish, odamlarning ilm olishiga xalaqit berib fikrini chalhitish katta zulm hisoblanadi. Qaysi bir jamiyatda ana shundoq zulmlar sodir etilsa, o'sha jamiyatning barcha a'zolari; zulm ishlarni qilganlariyu, ularga befarq qarab turganlari birgalikda fitnaga-ommaviy balo-ofatga giriftor bo'ladilar. Shuning uchun ham Alloh taolo O'ziga iymon keltirgan bandalarini bundan ogohlantirib, ushbu xitobni qilmoqda:
«Va sizlardan faqat zulm qilganlarning o'zigagina etmaydigan fitnadan saqlaning».Yana, ey zulm qilayotganlar:«...bilginki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir».Zaynab binti Jahsh raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va salam uyqudan yuzlari qizargan holda uyg'onib: «Laa ilaha illallohu. Batahqiq, yaqinlashgan yomonlikdan arablarning holiga voy bo'lsin! Bugun Ya'juj va Ma'jujning to'g'onidan manabuncha ochildi», dedilar.
Sufyon qo'lini bukib to'qson yoki yuzni ko'rsatdi. «Ichimizda solihlar turib halok bo'lamizmi?» deyildi. Ha! Qachon fisqi fujur ko'paysa», dedilar». To'rtovlari rivoyat qilgan.
Sharh: Kishilar ichida fisqi fasod keng tarqalsa Alloh taolo. ularni agar ichlarida ahli solih kishilar bo'lsa ham halokatga duchor qilar ekan. Sizlarga murojaat qilaman. Ko'pchilik bo'lib fisqi fasodga qarshi turish lozim. O'z vataniga xiyonat qilganlarga, qarshi ilm bilan, agar ilm bilan bo'lmasa fikr bilan qarshi turib kurashish kerak.
Manbalar asosida Jamalov Nurullohon tayyorladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan ilk bor tashkil etilayotgan «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» mavzusidagi I ilmiy-amaliy anjuman boshlanishi arafasida.
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman Islom sivilizatsiyasi markazining Katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ushbu zal anjumanni yuqori saviyada o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratilgan holda to‘liq shay holatga keltirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati