Soxta salafiylarning Hanafiy mazhabiga zid asosiy da'volariga ko'ra har qanday yangilikni “bid'at” deb hisoblab, uni rad etadilar.
“Bid'at” so'zi lug'atda “o'xshashi bo'lmagan yangi narsani paydo qilish, diniy aqidalarga kiritilgan o'rinsiz isloh”, – degan ma'noni bildiradi. Istilohda esa Alloma Izziddin ibn Abdussalom shunday ta'riflaganlar:
اَلْبِدْعَةُ فِعْلُ مَا لَمْ يُعْهَدْ فِي عَصْرِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ
“Bid'at – Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning davrlarida bo'lmagan narsani amalga oshirishdir”
Demak, ibodatlarda asri saodatda uchramagan, balki, keyinchalik dinda yangi paydo bo'lgan amallar bid'at hisoblanar ekan.
Binobarin, bid'at deganda, asosan shar'iy hukmlarga oid bo'lgan va sha'riy manbalarda qayd etilmagan, keyin joriy etilgan yangi amallar tushunilgan. Bunda dunyoviy ishlar nazarda tutilmagan. Ya'ni ilm-fan taraqqiyoti, texnika va texnologiyalar yutuqlari kabi zamon yangiliklaridan foydalanish qaytarilgan ish hisoblanmaydi. Ba'zilar avto ulovdan foydalanish, elektr energiyasini ishlatish kabilarni ham bid'at deb hisoblaydi va ularga “bid'ati hasana” deb nom qo'yadilar. Ya'ni “yaxshi bid'at deb nomlaydilar.
Shariatga yangilik kiritish bid'at bo'ladi. Masalan, namoz rakatlariga, ro'za hukmlariga, hajning ruknlariga o'zgartirish kiritish mumkin emas. Chunki bu masalalar aniq belgilab qo'yilgan. Masalan, namozning bir rakatida ikki marta sajda qilinadi. Kimki savobni ko'paytiraman deb uch marta sajda qilsa bid'atchi bo'ladi.
Ulamolarimiz bid'atni ikki qismga bo'lganlar: bid'ati hasana (yaxshi bid'at) va bid'ati sayyia (yomon bid'at).
Bid'ati hasana – shariatda asli bo'lgan amalni shu aslga tayanib, uni shakllantirish uchun joriy qilingan qo'shimcha amallarga aytiladi. Bunga hazrati Umar raziyallohu anhuning ishlarini misol qilish mumkin. Sunnat amal bo'lgan Taroveh namozini Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jamoat bilan o'qimas edilar. Hazrati Umar esa xalifalik davrlarida mazkur namozni imomga iqtido qilib, jamoat bilan o'qishni joriy qildilar va: “Qanday yaxshi bid'at bo'ldi”, – dedilar...
Avazbek To'rayev
"Report" xabariga ko‘ra, tashrif O‘zbekiston bo‘ylab media-tur doirasida bo‘lib o‘tdi.
Imom Buxoriy maqbarasi Samarqand viloyatidagi eng muhim ma’naviy va tarixiy obidalardan biridir.
Tashrif davomida Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari vakillari Imom Buxoriy maqbarasi, masjid, muzey va kutubxona vazifasini bajaruvchi xonani o‘z ichiga olgan yodgorlik majmuasi hududi bilan tanishdi. Jurnalistlarga majmuaning yaratilish tarixi, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi, shuningdek, uning islom ilm-fanidagi alohida o‘rni haqida so‘zlab berildi.
Media-tur ishtirokchilari majmuaning muzey qismiga alohida e’tibor qaratdi. Bu yerda islom madaniyati va Imom Buxoriy merosiga oid qo‘lyozmalar va turli tarixiy materiallar taqdim etilgan. Shuningdek, muzeyda turli mamlakatlar vakillari tomonidan majmuaga sovg‘a qilingan Qur’oni karim nusxalari ham saqlanadi.
Ishtirokchilarga majmua turli mamlakatlardan kelgan dindorlar uchun ziyoratgoh va allomaning ma’naviy merosini asrab-avaylashning muhim markazi ekanligi haqida so‘zlab berildi. Jurnalistlar majmuaning me’moriy xususiyatlari va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma bilan ham tanishdi.
Imom Buxoriy eng nufuzli islom ulamolaridan biri va islom an’anasidagi eng muhim hadis to‘plamlaridan biri bo‘lgan "Sahih al-Buxoriy" hadislar to‘plamining muallifi hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati