O'zlarini "Salaflar"ga tashbeh qilayotgan"Soxta Salafiylar" bir necha hadisi shariflarga xilof keldilar.
Musulmon inson qabrini ustida Qur'oni karim oyatlaridan o'qishlik joizdir. Chunki, Buyuk Sahoba Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuma "Mayyitni qabrga qo'ygandan kegin, Baqara surasini avvalidan va oxiridan o'qir edilar"
Imom Bayhaqiy rivoyati.
Va biz joizligiga bundan boshqa o'nlab dalillarni keltirishimiz mumkin....
Ammo Soxta Salafiylar: "Bu ish (Qabrni ustida Qur'on o'qish) haromdir, bunday ishni qilgan azoblanadi" deydilar.
Tavjihatun islomya 137 bet.
Izoh: Bu zalolatlari bilan bir necha hadisi sharifga xilof keladilar. Va bu bema'ni fatovolariga Kitob-u sunnatdan biron bir dalil keltira olishmgan.
Ma'rufxon Aloxodjayev tarjimasi:
? KANALIMIZ: @SOFTALIMOTLAR
? GURUHIMIZ: @SOF_TALIMOTLAR
Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda yurtimiz ozodaligiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 2500 nafardan ortiq obodonlashtirish xizmati xodimlariga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatdi.
Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mashaqqatli va sharafli mehnati har doim ham ko‘zga ko‘rinavermaydigan soha xodimlarining mehnatini e’tirof etish, ularning qalbiga bayram shukuhi, xonadonlariga quvonch kiritishdir.
Inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar shu kunlarda yanada keng quloch yozib, mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.
Shuningdek, homiylar tomonidan Respublikamiz bo‘ylab 3500 nafarga yaqin ana shunday fidoyi xodimlarning ko‘ngli xushnud etildi.
Bu kabi xayr-saxovatga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari o‘lkamizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati