Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Avgust, 2026   |   8 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:12
Quyosh
05:38
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:18
Xufton
20:39
Bismillah
21 Avgust, 2026, 8 Rabi`ul avval, 1448

Imomi A'zam bilan shogirdi Abu Muti'ning savol-javoblari

18.03.2022   1254   5 min.
Imomi A'zam bilan shogirdi Abu Muti'ning savol-javoblari

Imomi A'zam bilan shogirdi Abu Muti'ning savol-javoblariga asoslanib yozilgan:
TAQDIR BOBI 1
Abu Hanifa (rahmatullohi alayh) dedi:
– Hammod Ibrohimdan va u Abdulloh ibn Mas'uddan ushbu hadisni Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)dan rivoyat qilganlarini bizga aytdi. Payg'ambarimiz (alayhissalom) aytdilar: “Har biringizning yaralish jarayoni shunday kechadi: u qirq kun onasi qornida nutfa, so'ngra yana shuncha muddatda alaqa, so'ngra yana shuncha muddatda muzg'aga aylanadi. Shundan keyin Alloh bir farishtani yuboradi va u bandaning rizqini, yashash muddatini, uning baxtli yoki baxtsiz bo'lishini yozadi. O'zidan bo'lak iloh yo'q Zotga qasamki, banda Do'zax ahlining ishini qilib yuraveradi, hatto u bilan Do'zax orasida bir ziro' masofa qoladi va shu vaqtda unga kitob g'olib keladi va u Jannat ahlining amallarini qila boshlaydi va so'ng vafot etadi va Jannatga kiradi. Boshqa bir odam esa Jannat ahlining amallarini qilib yuradi va Jannatga kirishiga bir ziro' masofa qolganida, unga kitob g'olib keladi va Do'zax ahlining ishlarini qila boshlaydi, so'ngra vafot etadi va Do'zaxga kiradi.
Savol:
– Bir odam amri ma'ruf va nahyi munkar qilib yursa va odamlar unga ergashsa, so'ngra u jamoatga qarshi chiqsa, bunday odam to'g'ri qilgan bo'ladimi?
Javob:
– Yo'q.
Savol:
– Nega? Axir, Alloh va Uning payg'ambari amri ma'ruf va nahyi munkarga buyurganlar va bu mutlaqo farz-ku?
Javob:
– Shunday. Lekin ularning qon to'kish, halolni harom deyish, mollarni o'g'irlash kabi buzg'un ishlari isloh qilishlaridan ko'p bo'ladi. Alloh taolo: «Agar mo'minlardan ikki toifa o'zaro urushib qolsalar, darhol ular o'rtasini isloh etingiz! Bas, agar ulardan biri, ikkinchisining ustiga tajovuzkorlik qilsa, bas, to (tajovuzkor toifa) Allohning amriga qaytgunicha, sizlar tajovuz qilgan (toifa) bilan urushingiz!!..» (Hujurot surasi, 9-oyat), degan.
Savol:
– Tajovuzkor, haddan oshgan toifaga qarshi qilich bilan urishamizmi?
Javob:
– Amri ma'ruf va nahyi munkar qilasan, qabul etmasalar, ularga qarshi jang qilasan. Payg'ambarimiz (alayhissalom)ning: «Sizga jabr qiluvchining zulmi, odil odamning adolati zarar qilmaydi. Sizga o'z ajringiz, ularga o'z gunohlari», degan so'zlariga binoan, agar imom sitamkor bo'lsa, adolatli toifa bilan birga bo'lasan.
Savol:
– Ochiq xavorij bo'lganlar to'g'risida nima deysiz?
Javob:
– Ular xavorijlarning eng ifloslaridir.
Savol:
– Ularni kofirlar deymizmi?
Javob:
– Yo'q, Lekin ularga qarshi peshvolarimiz kurashganiday, ezgulik sohiblari Hazrat Ali va Umar ibn Abdulazizdek kurashamiz.
Savol:
– Havorijlar biz kabi takbir aytadilar, namoz o'qiydilar, Qur'on tilovat qiladilar. Abu Umoma (roziyallohu anhu)ning qissasini eslang-chi! U Damashq masjidiga kirganida, unda xavorijlardan birtalayining kallalari dumalab yotar edi. U Abu G'olib Himsiyga: “Ey Abu G'olib, ular odam bolalari, hamshaharlaring-ku”, dedi. Senga ularni tanishtiraman, deb Abu G'olib: “Ey do'zax ahlining laychalari, ey do'zax ahlining kuchuklari, ey osmon tagidagi eng razil murdalar”, dedi. Abu Umoma o'zini to'xtatolmay ko'z yosh to'kardi. Bu holatni ko'rgan Abu G'olib: “Ey Abu Umoma, seni yig'latayotgan narsa nima?” dedi. Abu Umoma unga dedi: “Ular musulmon edilar, sen ular to'g'risida nimalar deyapsan, men nimalarni eshityapman?! Alloh taolo Qur'onda ular to'g'risida: «Ba'zi yuzlar oqaradigan va ba'zi yuzlar qorayadigan kunni (qiyomatni) eslang: yuzi qorayganlarga (hujjat isboti uchun shunday deyilur): «Imon keltirgandan keyin yana kufrga qaytgan edingizmi? Kufringiz tufayli mana shu azoblarni totib ko'ring, endi! Yuzlari oqargan zotlar esa Allohning rahmatida (jannatida)dirlar. Ular u erda abadiy qoluvchilardir» (Oli Imron, 106–107-oyatlar), degan”.
Abu G'olib aytdi: “Bu o'z fikringmi yoki Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan eshitganmisiz?” Abu Umoma aytdi: “Men buni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan bir, ikki, uch to etti martagacha eshitmaganimda sizlarga aytmagan bo'lar edim. Havorijlarning kufri kufroni ne'matdir, Allohning ularga bergan in'omlariga kufr qilganlar”.

 

shoshhanafiy

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ilmiy-amaliy anjuman doirasida bir guruh ustoz va xodimlar munosib taqdirlandi

21.08.2026   6636   1 min.
Ilmiy-amaliy anjuman doirasida bir guruh ustoz va xodimlar munosib taqdirlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etilgan «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» mavzusidagi I ilmiy-amaliy anjumani doirasida sohada alohida o‘rnak ko‘rsatgan ustozlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan har jabhada amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida ilm-fanni taraqqiy ettirish, ajdodlar merosini o‘rganish, diniy ta’limni rivojlantirish va sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibordan mamnunlik kayfiyati hukm surdi.

Diniy idora tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida samarali faoliyat yuritib, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, soha rivojiga munosib hissa qo‘shish hamda dinimizning sofligini asrash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh pedagog va mudarrislar mehnati munosib e’tirof etildi.

Tadbir davomida sohadagi fidokorona va samarali mehnatlari uchun quyidagi ustoz va pedagoglar Faxriy yorliq hamda Umra yo‘llanmalari bilan mukofotlandi:

  • Rahmatulla Umarov — Sayyid Muhyiddin maxdum o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi.
  • Maxtumquli Toshqulov — Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi.
  • Azimxon Abdullayev — Hidoya o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi.
  • Abdulbosit Rahimov — Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi.

Shuningdek, anjuman doirasida diniy ta’lim tizimida namunali rahbarlik qilgan, fidokorona pedagogik va ilmiy-faoliyat olib borgan,ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, to‘garaklarni samarali tashkil etishdagi alohida xizmatlari uchun yana 15 nafar rahbar va o‘qituvchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari — televizor, noutbuk va planshetlar bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi taqdirlangan barcha ustoz va xodimlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari