Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2026   |   11 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:25
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:34
Bismillah
24 Avgust, 2026, 11 Rabi`ul avval, 1448

7-MAVZU: MAZHABSIZLIK – DINSIZLIKKA YO'L

14.03.2022   1767   9 min.
7-MAVZU: MAZHABSIZLIK – DINSIZLIKKA YO'L

Mazhabsizlik – Islom dinida shar'iy masalalarda umum tan olingan to'rt fiqhiy mazhablarga ergashishni rad etish. “Mazhab” so'zi arabchada “yo'l”, “yo'nalish”, shar'iy istilohda esa “diniy masala bo'yicha muayyan mujtahid olimning fatvo chiqarish yo'li” ma'nolarini bildiradi.

Mazhabsizlik tarafdorlari da'vosiga ko'ra, Islomda fiqhiy mazhablarning biriga ergashish shart qilinmagan. Go'yoki mazhabga ergashgan musulmonlar ko'r-ko'rona taqlid qilgani uchun adashadi. Islomga amal qilish asosida faqat Qur'on va sunnat turishi lozim. Mazhablar esa go'yoki kitob va sunnat ta'limotidan ko'ra, mazhabboshilarning ijtihodlariga taqlid qilinishiga o'xshaydi.

Mazhabsizlik tarafdorlari o'zlarini bir qancha turli nomlar bilan ataydilar: salafi solihlarga ergashish da'vosi bilan “salafiylar”, sahih hadisga ergashish da'vosi bilan “ahli hadislar”.

Ta'kidlash joizki, Nabiy alayhissalom hayotlik davrlarida sahobalar muayyan shar'iy masala chiqib qolsa, u zotning o'zlariga murojaat qilib, echimini topganlar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan so'ng sahobalar shar'iy savollar bo'yicha mujtahid darajasida bo'lgan sahobalardan fatvo so'raganlar. Tobeinlar sahobalar tutgan yo'lni tutib, mujtahidlarga ergashganlar.

Tobeinlar davrida ijtihodiy omillar sabab ikki asosiy maktab – ray' va hadis maktabi shakllangan. Bu ikki maktabda yigirmaga yaqin mazhablar shakllanib, ulardan to'rttasi: hanafiylik, hanbaliylik, molikiylik, shofeiylik saqlanib qolgan va Islom diyorlariga tarqalgan. Mazhablarning muayyan masaladagi qarashlarining turlicha ekani o'zaro kelisha olmasliklaridan emas, balki bir-birlarini to'ldirishlari bilan izohlanadi. Tarix nuqtai nazaridan qaralsa, bu to'rt mazhab ham bir-biri bilan bog'liq, mazhab asoschilari o'zaro bevosita yoki bilvosita bir-birlariga ustoz yoki shogird bo'lganlar. Shuningdek, har bir mujtahidning mazhab tuzishda o'ziga xos ilmiy yo'nalishi bo'lgan.

Mashhur alloma Ibn Rajab (1335–1393): “Ko'plab mazhablar orasida faqat to'rttasining saqlanib qolgani, asrlar davomida insonlarni turli ziddiyatlar va ixtiloflardan himoya etishda asos bo'lgan”, deb yozgan (“To'rt mazhabdan boshqaga ergashganga raddiya” kitobi).

Ulamolar mazhablarga ergashish – Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadisiga amal qilishdir, deb ta'kidlaydilar: “Agar ixtilofni ko'rsangiz, o'zingizga ko'pchilik tomonini lozim tuting” (Imom Moja, 3950-hadis).

Mazhablardagi bitta masalaga nisbatan turlicha yondashishlik Islom shariatida musulmonlar uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi. Mazhablarda u yoki bu masala Islom ahkomlari, muayyan jamiyat, xalq yoki millatning urf-odatlari,
qadriyatlari hamda ijtimoiy munosabatlarning mazmunini hisobga olgan holda, eng ma'qul shaklda hal qilingan.

Islom ulamolari shar'iy hukmni va uning dalilini bilmaydigan musulmon odam (muqallid) mujtahid olimga taqlid qilishi zarurligini ta'kidlaydilar. Bunga Qur'ondagi ushbu oyatni dalil sifatida keltirish mumkin: “...Agar bilmasangiz zikr ahllaridan so'rang” (Nahl surasi, 43-oyat). Ulamolar oyat Kitob va sunnatga qaytish shaklida emas, balki ahli zikrlarga ergashishlikka buyurish ko'rinishida nozil bo'lganiga e'tibor qaratadilar.

Mazhablarda Qur'on, sunnat, ijmo va qiyosdan dalil sifatida foydalanishning o'ziga xos qoidalari, usul va tamoyillariga asoslangan muayyan tizim mavjud. Masalalar tizimli ravishda hal bo'lgan. Mazhabsizlarda esa hech qanday ijtihod usul va qoidalari yo'q bo'lib, “Qur'on va sunnatga murojaat qilamiz” qabilidagi dalilsiz da'vo bilan hukmlar berilmoqda. Maqsadiga, ra'yiga va nafsiga to'g'ri kelgan dalillarni olib, qolganlarini tashlash esa yomon oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.

Bemazhablar omma, musulmonlar orsida ko'plab noto'g'ri talqin qilingan aqidaviy va fiqhiy masalalarni tarqatmoqdalar. Vaholanki, bu masalalar ahli sunna olimlari tomonidan allaqachon hal qilingan.

Mazhabsizlik tarafdorlarining ayrim iddaolaridan ularning da'volari asossiz ekaniga ishonch hosil qilish mumkin:

– bemazhablar: “Qur'on bitta va Payg'ambar bitta bo'lsa, to'rt mazhab orasida fiqhiy ixtiloflar bor, Haq bitta emasmi?” deydilar. Mazhablar bir manba – Qur'on va sunnatga asoslanadi. Mazhablarning biriga ergashgan kishi Qur'on va sunnatga ergashgan bo'ladi;

– mazhabsizlik tarafdorlari “Imom Buxoriy bemazhab bo'lgan”, deb dalil keltiradilar. Vaholanki, Imom Buxoriy yashagan davrda u kishiga o'xshash ilmi ijtihod darajasiga etgan, o'zi ijtihod qilganlar ko'p bo'lgan. Barcha ulamolar “Ilmi mujtahidlikka etgan odam, o'zi ijtihod qiladi”, deganlar. Hozirda esa o'sha davrdagi kabi mujtahidlar yo'q ekanini hisobga olmaydilar;

– mazhabsizlarning yana bir ko'rinishi – mazhablarni bir-biriga qorishtirishdir. Ular “Qaysi mazhabning dalili kuchli bo'lsa, o'shani olamiz”, deyishadi. Buni ulamolar “harom amal” deb sanashgan. Vaholanki, mujtahid “sahih” deb amal qilgan hadisni ulardan keyin kelganlar “zaif” deya olmaydi. Chunki keyin kelganlar avval o'tganlarga o'zlarining
qoidalari bilan hukm qila olmaydi;

– mazhabsizlik tarafdorlari jamoaviy farz namozidan keyin masjiddan chiqib ketadilar. Buni go'yoki “namozdan keyingi zikrlarni Muhammad alayhissalom jamoat bo'lib qilmaganlar, yolg'iz qilganlar, biz sunnatga amal qilamiz” deb izohlaydilar. Vaholanki, namozdan keyingi zikrlarni jamoat bo'lib ado etish biror hadisda ochiq-oydin kelmagan bo'lsa-da, undan qaytariq ham sobit emas. Balki, juda ko'p hadislarda namozdan keyin masjidda zikr bilan mashg'ul bo'lishga targ'ib qilingan. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy alayhissalom bunday deganlar: “Allohni zikr qilayotgan bir qavm bilan ertalabki namozdan quyosh chiqqunicha birga o'tirishim menga Ismoil alayhissalomning avlodidan to'rt nafarini (qullik yoki qiyinchiliklardan) ozod qilishimdan ko'ra sevimliroqdir. Allohni zikr qilayotgan qavm bilan birga asr namozidan to quyosh botguncha birga o'tirishim to'rt nafar (inson)ni ozod qilishimdan sevimliroqdir” (Imom Abu Dovud, 3667-hadis).

– muhimi, bemazhablar namozni va boshqa barcha ibodatlarni fiqhiy mazhablardan boshqacha tarzda taqdim qila olmaydilar. Balki o'zlari ham ushbu mazhablar asosida ta'lim olganlar. Ammo, keyinchalik, Qur'on va sunnatdan o'zlaricha yangi hukmlar chiqarishga o'tib, ixtiloflarga sabab bo'lmoqdalar.

Ulamolar mazhabdan yuz o'girish salafi solih yo'lidan yuz o'girish bo'lib, shubhasiz, adashishga olib borishi haqida ogohlantiradi. Zero, to'rt mazhab paydo bo'lgandan keyin Islom olami tan olgan zabardast olimlarning barchalari to'rt mazhabdan biriga ergashganlar.

Taassufki, mazhabsizlik tarafdorlari jamiyatda ixtilof chiqarish bilan shug'ullanib, aslida Islom madaniyati va ta'limoti rivoji uchun hech qanday hissa qo'shayotganlari yo'q. Hususan, hozirga qadar masjid yoki madrasa qurishga yordam berish, diniy mavzu haqida birorta kitob yozish, ehtiyojmand madrasa talabalariga yordam ko'rsatish kabi xayrli ishlarga mutlaqo aralashmaydilar ham.

Aksincha, Qur'on va sunnatdan o'zboshimcha yangi hukm chiqarish, musulmonlarni kufrda ayblash, ularning qonini to'kishni halol hisoblash, bog'iylik (hukumatga qarshi chiqish), vahima uyg'otish va fitna qo'zg'ash, obod joylarni vayron qilish kabi Islomda qat'iyan man qilingan xatti-harakatlarga sabab bo'lmoqdalar. Bu borada Shayx Muhammad Said Ramazon Butiyning: “Mazhabsizlik islom shariatiga tahdid soladigan xatarli bid'atdir” nomli kitobi juda ahamiyatlidir.

Shunday ekan, bir mazhabni mahkam ushlab, unga amal qilish Nabiy alayhissalom va sahobai kiromlar tutgan yo'lda yurish bilan barobardir.

 

DINIY-MA_''RIFIY SUHBATLAR KITOBIDAN

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

"Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi" — Ilhom Aliyev

24.08.2026   3981   2 min.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.

U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
 

"Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi", — dedi Ilhom Aliyev.



Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
 

"Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda", — dedi u.



Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
 

"Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi", — dedi Ozarbayjon Prezidenti.


Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi.

Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
 

"Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir", — dedi u.



Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investitsiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi.

 

VIDEO