Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Hizbut-tahrir oqimi

11.03.2022   2497   4 min.
Hizbut-tahrir oqimi

Islom tarixiga nazar solar ekanmiz, shu kunga qadar e'tiqodiy muhim masalalarda to'g'ri yo'ldan og'ib adashgan, boshqalarni ham domiga tortib ketgan ko'plab toifa va oqimlarga guvoh bo'lamiz. Havorij, shia, jahmiya, mo''tazila, azoriqa, qadariya va hokazo nomlarni keltirish mumkin. Din dushmanlari tarafdan har bir davrda turlicha fitna ig'vo yo'llari bilan bu kabi oqimlar o'rtaga chiqavergan, ahli haq olimlar tomondan esa ommani ularning zalolatlaridan ogohlantirish, ularga qarshi ilmiy raddiyalar ham izchil amalga oshirib borilavergan. Shulardan biri “Hizbut-tahrir” oqimidir!

Hizbut-tahrirchilarning bid'iy qarashlaridan biri “inson amallari (har qanday hatti-harakatlari)ning yaralishi masalasi”ga doir bo'lib, ularning iddaosicha insoniyat o'z amallarini o'zi yaratadi, Alloh emas. Bu aqidaning asli egasi tarixda qolib ketgan “ummat majusiylari” degan jirkanch laqabga haqli ravishda ega bo'lgan jahmiylar bo'lib, ulardan Vosil ibn Ato boshliq mo''taziliylarga meros qolgan edi.

         Bu guruhlar – ekstremistik guruhlardir.  Ekstremizm — o'ta mutaassib guruhlarning ashaddiy reaktsion faoliyati bo'lib, hatto dinning o'ziga ham zarar keltiradi. Ularning asosiy maqsadi – dinni niqob qilib, hokimiyatni qo'lga olish, diniy talablarning ilk darajasiga xos “sofligi”ni qayta tiklash, diniy talablarga mos siyosiy tuzumni barpo etishdan iborat.

Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kunga bo'lgan ishonchiga putur etkazib, xalqaro miqyosdagi muammolarni, jumladan turli diniy e'tiqod vakillari bo'lgan xalqlar, tamaddunlar (tsivilizatsiya) orasidagi o'zaro ishonchga soya tashlamoqda, jahon taraqqiyotining tamal toshi bo'lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojlanishiga to'siq bo'lmoqda. Ekstremizm, muqaddas dinimiz, xususan, eng mo''tadil mazhab bo'lmish hanafiy mazhabi aqidalariga zid keladi. Qur'oni karimda ta'kidlanadi: “Shunday qilib, Biz sizlarni o'rta ummat qildik!” (Baqara surasi: 143-oyat). Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ishlarning eng yaxshisi o'rtacha (mo''tadil) bo'lganidir” deya marhamat qilganlar. Nabiy alayhissalomning hayotlariga ibrat nazari bilan qaraydigan bo'lsak, u zotning naqadar mo''tadil, bag'rikeng inson bo'lganlarini ko'ramiz. 

Bugungi kunda dinni o'ziga niqob qilib, hokimiyatni qo'lga olishga intilayotgan turli oqim va tashkilotlar o'z chirkin g'oyalarni targ'ib etishda har qanday ilg'or uslullardan, xususan internet saytlaridan, turli ijtimoiy tarmoqlardan foydalanyotgani hech birimizga sir emas.

“Kim hidoyatga chaqirsa, unga (o'z ajri bilan birga) ergashuvchilarning ajricha ajr bo'ladi, bu narsa ergashuvchilarning savobini kamaytirmaydi. Kim zalolatga chaqirsa, unga (o'z gunohi bilan birga) ergashuvchilarning gunohicha gunoh bo'ladi, bu narsa ergashuvchilarning gunohini kamaytirmaydi”.
            Tinchlik, salomatlik katta ne'mat. Ular bor joyda rivojlanish, erkinlik bo'ladi. Vaholanki, shu kunlarda ham fitna o'choqlarida qurbon bo'layotgan, uy-joysiz qolib, qochoq bo'lib yurgan, urushdan qo'rqib, bolalarini maktabga ham chiqarmay qo'ygan millionlab insonlar bor. Bu voqealarni tafakkur qilgan kishi, aslida inson o'z uyida xotirjam istirohat olishi ham ulkan ne'mat ekanini anglaydi.
            Alloh taolo fitna va qiyinchilikda qolgan insonlarga ham xotirjamlikni qaytarsin! Jonajon o'lkamizni turli xil fitna-fasod va balo-ofatlardan O'z hifzu himoyasida saqlasin.

        
Oxunjon domla Vosiyev.
Sayxunobot tumani“Abduolim ota”
jome masjidi imom xatibi:           

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bosh imom masjidlardagi bunyodkorlik jarayoni bilan tanishdi

07.09.2026   41628   1 min.
Bosh imom masjidlardagi bunyodkorlik jarayoni bilan tanishdi

Namangan viloyati bosh imom-xatibi, Ulamolar kengashi a’zosi Abdulloh domla Samatov Pop tumanidagi «Yakka tut» hamda Mingbuloq tumanidagi «Gulbog‘» jome masjidlarida bo‘ldi.


Tashrif davomida bosh imom-xatib mazkur masjidlarda namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qayta qurilayotgan tahoratxonalar holati bilan yaqindan tanishdi.


Qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, barpo etilayotgan zamonaviy tahoratxonalarning sifatli, milliy me’morchilik an’analari va barcha sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq javob beradigan tarzda amalga oshirilishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.


Shuningdek, ushbu xayrli ishlarda fidoyilik ko‘rsatayotgan quruvchilar va hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz haqqiga duo qilindi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Bosh imom masjidlardagi bunyodkorlik jarayoni bilan tanishdi Bosh imom masjidlardagi bunyodkorlik jarayoni bilan tanishdi
O'zbekiston yangiliklari