Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

ALLOHNING UYI OBOD BO'LDI

12.12.2023   1184   1 min.
ALLOHNING UYI OBOD BO'LDI

Zamharir qish kelib, butun borliq oppoq qorga burkandi. Tashqarida ayoz bo'lsa-da, odamlarning ko'ngli iliq. Ular Allohning baytini obod qilish ilinjida sovuqni pisand ham qilmayotir.

Bugun poytaxtimizdagi "Shayx Zayniddin" jome masjidi hovlisi, atrof-javonib hashar yo'li bilan qordan tozalandi.

Hasharda masjid imom noiblari, ko'ngilli namozxonlar ishtirok etib, Allohning uyini obod etishdi. Zero, masjidni, oyati karimada ta'kidlanganidek, Alloh taologa va oxirat kuniga iymon keltirgan kishilar obod etadilar. 





O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

17.09.2026   10330   1 min.
Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.


12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.


Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.


Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari