Far’iy masalalarda xilofning bor ekani haqdir. Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalarining davrida ham va u zotlardan keyin kelgan, salafi solihlar, deb tanilgan zotlarning davrida ham bu narsa sodir bo‘lgan. Biroq, ushbu xilof ularni nizolashishiga, xusumatlashishiga, janjallashishiga yoki ittihom, zalolat va kufr bilan ayblashiga olib bormagan. Bu ishda hech shak-shubha yo‘qdir. Far’iy masalalardagi xilof «zonniy dalillar» yoki «bir-biriga teskari dalillar» yoki u ikkisidan boshqa dalillar ustiga qoim topadi. Bularning barchasi bir qoida asosiga ko‘ra bo‘ladi: «Bizning so‘zimiz to‘g‘ri, xato ehtimoli bo‘lishi mumkin. Boshqalarning so‘zi to‘g‘ri bo‘lish ehtimoli bor».
Bugungi kunda ahli sunnaning ba’zi kishilari tomonidan «dalili zonniy» va «dalolati zonniy» bo‘lgan zonniy dalillar ustida qoim topgan far’iy masalalarda qilayotgan ixtiloflariga «to‘g‘ri yoki xato» va «haq yoki botil» deyishdan boshqasi bo‘lmasligi kerak! Alloh toyilishdan O‘zi asrasin!
«Muhiqqut taqovvul fi mas’alatit tavassul» asarining muqaddimasidan 8-B, Shayx Vahbiy Sulaymon G‘ovchi rohimahulloh
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot-matbaa ijodiy uyining “Hidoyat” va “Mo‘minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2027 yil uchun obuna mavsumiga start berildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan ma’rifiy tadbirda soha mutasaddilari, imom-xatiblar va otinoyilar ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar jamiyatda sof ma’rifatni yoyish, aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishda diniy-ma’rifiy nashrlarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladilar.
Tadbir davomida yakunlanayotgan mavsumda obuna ishlarini namunali tashkil etgan faol diniy soha xodimlariga minnatdorlik bildirilib, yangi yilda ham bu xayrli ishlarni yuqori saviyada davom ettirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Barcha yurtdoshlarimizni “Hidoyat”, “Mo‘minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2027 yil uchun obuna bo‘lishga, xonadonlarga ziyo ulashishdek savobli tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati